"Bryugge" klubi Armaniston terma jamoasi hujumchisi Sarkis Adamyanni "Xoffenxaym"dan ijaraga oldi, deya xabar bermoqda Belgiya klubi matbuot xizmati.
28 yoshli futbolchi mavsumning qolgan qismini Belgiya chempionatida o‘tkazadi. "Bryugge" shartnomasida transfer narxi 3 million yevro bo‘lgan futbolchini sotib olish huquqi bor.
Joriy mavsumda u Bundesligada 13 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi.