2016 yil 23 aprel kuni «Manchester Yunayted» muxlislari «Uembli» stadionini to‘ldirib, bir nomni aytib hayqirishdi. Shundan so‘ng hamma «Everton»ga qarshi o‘yinda g‘alaba to‘pini kiritgan va «Manchester Yunayted»ga Angliya kubogi finaliga chiqishga imkon bergan futbolchi Antoni Marsyal haqida gapirishni boshladi. Uning sharafiga qo‘shiq bir necha oy oldin paydo bo‘lgan, ammo u allaqachon muxlislar orasida mashhur edi.
«Futbolchini 50 million yevroga sotib olgani ko‘pchilik tomonidan tanqidlarga uchragan bo‘lsa-da, Toni Marsal o‘zini ko‘rsatib, gol urishda davom etdi». Muxlislar 2015 yilgi qimmatbaho haridni tanqid qilgan OAVni yolg‘onchilikda aybladi.
Ammo oradan olti yildan kamroq vaqt o‘tdi va Toni nihoyat ijaraga asosida bo‘lsa-da, «Old Trafford»ni tark etdi. Endi eski qo‘shiqni kuylamoqchi bo‘lgan odamni topish qiyin. Aftidan, tanqidchilar haq edi.
Lekin bu qanday sodir bo‘ldi?
Jahon futbolidagi eng qimmat o‘smir futbolchiga aylanganingda, bu nom yuki unga og‘irlik qildi. Ko‘pincha yosh futbolchilar o‘zlari uchun to‘langan katta pulga munosib ekanliklarini isbotlay olmaydilar. Marsyalda ham shu holat kuzatildi. Aslida, fransuzdan ko‘p narsa kutilgandi: hatto uning shartnomasida hujumchi «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritsa, «Monako» qo‘shimcha 10 million yevro bonus olishi ko‘rsatilgan edi.
Albatta, u hech qachon bu mukofotga yaqin kelmagan. Manchesterda u beqaror o‘yin ko‘rsatdi va har bir yangi kelgan murabbiy bilan uning jamoadagi o‘rni va undan kutilgan umidlar o‘zgarib borardi. To‘g‘ri, fransiyalik futbolchi bir mavsumda 17 ta gol urgan. Ammo, bu uning faoliyatidagi eng yaxshi natijasi hisoblanadi.
Rahbariyat Joze Mourinyoni murabbiy etib tayinlashi bilanoq, Antoni uchun hammasi izdan chiqdi. «Uembli»dagi o‘sha goldan bir-ikki oy o‘tib jamoadan ketgan murabbiy va portugaliyalik mutaxassisning o‘yin uslubida yaqqol katta farq bor edi. Bu esa futbolchiga bo‘lgan ishonchni pasayishiga olib keldi. Qo‘shimchasiga uning to‘qqizinchi raqamini olib, yangi kelgan Zlatan Ibragimovichga topshirishganida 80 milion yevrolik yigitchadan tamoman ajralib qolishgan edi.
2018 yilning yozida Mourinyo «Yunayted» rahbariyatidan Marsyalni sotishni qat’iy talab qildi. «Goal.com» nashri xabariga ko‘ra, portugaliyalik murabbiy fransiyalik futbolchining raqobatbardoshliligiga ishonch hosil qilmagan.
Keyinchalik, ikki mavsumda 13 gol urgan Marsyal Mourinyoni asosiy tarkibga mos futbolchi ekanligiga zo‘rg‘a ishontirdi. Ammo, shunday bo‘lsa-da, portugaliyalik «Inter» futbolchisi Ivan Perishich Tonidan ko‘ra klubga ko‘proq mos kelishiga aytdi. Biroq, klub o‘z pozisiyasini o‘zgartirmadi, ayniqsa klub xo‘jayini Joel Gleyzer fikrida qat’iy turdi. Sababi, u avvalroq Marsyalni sevimli futbolchim deb atagan edi.
Garchi Mourinyoning o‘rinbosari Ole-Gunnar Sulsher o‘zining dastlabki kunlarida fransuz futbolchisidan ko‘proq foydalanishga muvaffaq bo‘lgan bo‘lsa ham, Jozening fikrlari qanchalar to‘g‘ri ekanligi shu yil ma’lum bo‘ldi. Misol uchun, Ole darhol Antoniga to‘qqizinchi raqamni qaytarishni taklif qildi. Hujumchi yana ko‘proq gol urishni boshladi, lekin futbolchining yaxshi sport formasi ham murabbiyning ishonchini qozona olishiga yordam bermadi. Sulsherga futbolchining mashg‘ulotlarga kechikishi va yangi raqobatchilarning jamoaga kelishiga to‘sqinlik qilishi yoqmasdi. Ibragimovich, Lukaku va Kavani klubga Marsyal bor paytda kelishdi, ammo, ular fransuzga hech qanday raqobat tug‘dira olmadi. Shu sabab Antoni har doim MYU yetakchisi rolida bo‘lib kelgan. Bu 2021 yilda, Krishtianu Ronaldu jamoaga qo‘shilganida o‘z yakuniga yetdi.
Marsyal joriy mavsumda atigi 11 ta o‘yinda maydonga tushdi. «Manchester Yunayted»ning sobiq yarimhimoyachisi Pol Skoulz yaqinda muxlislarga Toni birinchi toifadagi asosiy o‘yinchi bo‘lishini va’da qilib, aldaganini aytdi. Hozirgi murabbiy Ralf Rangnik ham Marsyalga unchalik ishonmadi. Murabbiyning so‘zlariga ko‘ra, u hech qachon klubda o‘ynashni istamagan.
Hozir Marsyal Fransiya terma jamoasida o‘ynash haqida o‘ylayapti, «Sevilya»ga ko‘chib o‘tishdan asosiy maqsad, u yerda ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega bo‘lib, terma jamoaga qaytish. Xulen Lopetegi shogirdlari turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda bo‘lib, «Real»ga juda yaqin joylashgan va Yevropa Ligasida yana g‘alaba qozonishga hozirlik ko‘rmoqda. Garchi bu faqat ijara bo‘lsa ham, hujumchini yana Manchesterga qaytishiga hozircha hech kim ishonmayapti.
Jamshidjon Mahmudov tarjimasi.