Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/03 00:45 Lasio 2-1 Sassuolo
10/03 01:00 Espanyol 1-1 Real Ovyedo
10/03 19:00 Neftchi 3-0 Andijon
10/03 19:45 Mash’al 0-2 Qizilqum
10/03 20:30 Paxtakor 0-2 Navbahor
10/03 22:45 Galatasaroy 1-0 Liverpul
11/03 01:00 Atalanta 0-3 Bavariya
11/03 01:00 Atletiko 4-1 Tottenhem
11/03 01:00 Nyukasl 0-0 Barselona
11/03 16:30 Surxon - Bunyodkor
11/03 19:30 Lokomotiv - Qo‘qon-1912
11/03 19:45 Buxoro - Xorazm
11/03 22:45 Bayer - Arsenal
12/03 01:00 Bude-Glimt - Sporting
12/03 01:00 PSJ - Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid - Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK - So‘g‘diyona
12/03 19:45 Dinamo - Nasaf

Husnora Jumayeva — 2021 yilda eng ko‘p o‘yinni boshqargan ayol hakami

Husnora Jumayeva — 2021 yilda eng ko‘p o‘yinni boshqargan ayol hakami

Baho:
+ | -

Ayollar futboli bo‘yicha 2021 yilgi mamlakat chempionatining Oliy liga o‘yinlariga jalb etilgan ayol hakamlarining jami soni 15 nafarni tashkil etdi. Besh nafari bosh hakam, o‘n nafari esa qanot va zaxira hakami sifatida faoliyat yuritdi.

Eng ko‘p uchrashuvni boshqarish Husnora Jumayevaga nasib etdi – 17 ta o‘yinda bosh hakam bo‘ldi. Roziyabonu Yusupova 15, Edita Mirabidova 14 ta o‘yinni boshqardi. Anna Sidorovaga 12 ta uchrashuv taqdiri ishonib topshirilgan bo‘lsa, Kristina Borisova 6ta o‘yinga bosh hakam etib tayinlandi.

Qanot va zaxira hakami sifatida eng ko‘p ishlagan Zilola Rahmatova va Mehirabonu Muraliyeva bo‘ldi – 18 tadan. Marjona Rahmatullayeva va Kristina Sereda 17 tadan, Gulshoda Saidqulova va Aleksandra Konchikova 16 tadan o‘yinda bosh hakamga yordam berishdi. Darya Snetkova 15 ta, Laylo Jalolova 14 ta, Manzura Mangetbayeva 9 ta hamda Shaxlo Abilova 8 ta uchrashuvda qanot va zaxira hakam sifatida harakat qilishdi.   

FIFAning sobiq referi assistenti, ayollar o‘rtasidagi jahon va Osiyo chempionatlarida hakam sifatida faoliyat ko‘rsatgan Irina Kusillo 2021 yildan ilk bor nazoratchi hakam sifatida namoyon bo‘ldi. Irina ayollar Oliy ligasining birinchi turida “Bunyodkor-W” – “Qizilqum-W” uchrashuvida nazoratchilik faoliyatini boshlagan bo‘lsa, mavsum yakuniga qadar yana beshta o‘yinda nazoratchi sifatida ishladi.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 07:57, 03.02.2022.
O'qildi: 1691 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.