"Manchester Yunayted" uchta futbolchi bilan bitim tuzish imkoniyatini o‘tkazib yuborgan. Fabrisio Romano fikriga ko‘ra, "MYU" rahbariyati Ralf Rangnik qo‘l-ostida hech qanday xaridni amalga oshirishni istamagan.
Shu sabab yanvarda o‘ta passiv harakatda bo‘lgan. Klubda hujumchi - Xulian Alvares, yarim himoyachi - Denis Zakariya va Bubakar Kamara bilan shartnoma tuzish imkoni bor edi.
Ammo hozirgi tarkib ham jamoaning bu mavsumdagi maqsadlari uchun yetarli deb hisoblangan.