Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/10 00:00 Real Madrid 2-0 Vilyarreal
06/10 14:00 Paxtakor 4-2 Dinamo
06/10 15:30 Yuventus 1-1 Kalyari
06/10 17:00 Jirona 2-1 Atletik Bilbao
06/10 17:30 Ukraina 7-1 Fransiya
06/10 18:00 Bolonya 0-0 Parma
06/10 18:00 Lasio 2-1 Empoli
06/10 18:00 Chelsi 1-1 Nottingem Forest
06/10 18:00 Aston Villa 0-0 Man. Yunayted
06/10 19:15 Alaves 0-3 Barselona
06/10 20:00 Braziliya 2-1 Argentina
06/10 20:30 Brayton 3-2 Tottenhem
06/10 21:00 Monsa 1-1 Roma
06/10 21:30 Sevilya 1-0 Betis
06/10 23:45 Fiorentina 2-1 Milan
07/10 00:00 Real Sosyedad 1-1 Atletiko

Premyer-liga: bir dunyo pul sarflandi. Ular buni oqlay olishadimi?

Premyer-liga: bir dunyo pul sarflandi. Ular buni oqlay olishadimi?

Baho:
+ | -

APL klublari hech qachon bekordan-bekorga katta mablag‘ sarflamaydi. Ayniqsa, ketayotgan pul futbolchi olib kelishga sarflanayotgan bo‘lsa. Shunday klublardan biri yangi boylar turkumidagi «Nyukasl»dir. Klub tayyor yulduzlarni sotib olishdan uyalmadi va eng katta sarf-xarajatchiga aylandi. Ular yanvar davomida 90 million funtni transferlar uchun ishlatdi. Quyida nafaqat «Nyukasl»ning, balki APLning eng yaxshi va eng katta xaridlari haqida gap boradi.

Brunu Gimaraynsh – «Lion»dan «Nyukasl»ga (42 million yevro)

Jamoa markaz uchun ishonchli vakil qidirayotgan edi va uni topdi. Braziliyalik 24 yoshli iste’dod egasi «Lion»dan olib kelindi. To‘g‘ri, ayni damda Eddi Xau boshchiligidagi klub APLda qolishi dargumon bo‘lib turgan bo‘lsa ham, ularning o‘yinida keskin o‘zgarish bo‘lishi aniq. Chunki birgina Gimaraynshning o‘zi o‘yin sur’atiga ta’sir eta oladigan kuchga ega.

Fakt. Brunu Gimaraynsh bu mavsum Yevropaning top besh chempionatlarida o‘ynayotgan futbolchilar ichida hujumchilarga eng ko‘p pass bergan futbolchi sanaladi (226 ta). Shuningdek, u eng ko‘p vaziyat yaratgan juftlikdan biridir (35 tadan ko‘p, Bernardu Silva bilan birga).

Rodrigo Bentankur – «Yuventus»dan «Tottenxem»ga (19 million yevro)

Uruguay terma jamoasi a’zosi «Yuventus» safida asosiy tarkib futbolchisi va eng barqaror vakillardan biri edi. Endi Antonio Konte undan ko‘proq narsa talab qiladi. Xususan, Bentankur raqibga faol bosim qilishi va maydon markazini boshqarishi kerak bo‘ladi. Yuqori saviyaga ega yarim himoyachi Xarri Vinks hamda Oliver Skipplarga katta yordam beradi. Endilikda, «Tottenxem» to‘p bilan ko‘proq va tezroq muomala qilsa, ajab emas. Chunki Bentankur 24 yosh bo‘lishiga qaramay, o‘yinni tajribalilar kabi o‘qiy oladi.

Luis Dias – «Portu»dan «Liverpul»ga (37,5 million yevrodan 50 milliongacha)

Albatta, hayot abadiy emas. Shu kabi «Liverpul»ning hozirgi hujum triosi ham abadiy birga bo‘la olmaydi. Biz yaqin bir yil ichida Firminoning o‘z o‘rnini Diyegu Jotaga berib qo‘yganiga guvoh bo‘lgan edik. Xuddi shundayin Luis Dias ham hujumda kimningdir o‘rniga ega chiqsa, ajab emas. 25 yoshli kolumbiyalik hujumchi bu mavsum YECHLda «Portu»ning o‘yinlarini jozibador qila olgandi. U o‘z terma jamoasida asosan chap qanot yarim himoyasida o‘ynardi. «Portu»da esa 4-4-2 sxemasining chap qanot hujumini to‘ldirgan. Tezkor va epchil hujumchi APLga moslashib ketishga unchalik ham qiynalmasa kerak. Endilikda «Liverpul»ga qarshi chiqqan jamoa himoyachilari yanada ko‘proq ter to‘kishlariga to‘g‘ri keladigan ko‘rinadi.

Fillipe Koutinyo – «Barselona»dan «Aston Villa»ga (ijara asosida)

APLning doimiy muxlislari bu futbolchining kim va nimalarga qodir ekanini juda yaxshi biladi. Shunday ekan, ularga braziliyalik qadrdonni tanishtirishning hojati yo‘q. Koutinyo o‘zining besh yillik «Enfild»dagi sarguzashtlarida nimalarga qodir ekanini isbotlab keta olgandi. U qatnashgan bahslar darvozabonlar uchun haqiqiy qo‘rqinchga aylangan. Uning «Aston Villa»dagi debyuti ham yomon bo‘lmadi: bitta gol va assist bilan o‘z jamoasini mag‘lubiyatdan qutqarib qola oldi. Stiven Jerrard esa tarkibga sobiq jamoadoshini jalb qilib, to‘g‘ri yo‘l tutganini ko‘rsatdi.

Dele Alli – «Tottenxem»dan «Everton»ga (48 million yevrogacha)

Liverpulliklar «shporlar»dan katta kalibrga mansub futbolchini sotib olib, katta o‘zgarishga qo‘l urgan bo‘lishi mumkin. Bu transfer dastlab tekin amalga oshirildi. Alli uchun birinchi to‘lov uning jamoadagi harakatlariga bog‘liq bo‘ladi. Jamoada kubok o‘yinlari mavjud emas. Faqatgina 18ta APL uchrashuvlari bor, xolos. Shuni hisobga olganda, bu yurish «Everton» rahbariyati tomonidan qilingan puxta va o‘tkir harakat sanaladi. Chunki futbolchining transfer summasi uning o‘yiniga bog‘lab qo‘yilgan. Ayni damda yangi «Everton» ustozi Frenk Lempard jamoaga qaytadan yangi ruh va g‘oya olib kirishi kutilmoqda. Buning natijasi Dele Alli uchun ham muhim hisoblanadi. «Everton» muxlislari esa bunga umid qilmoqda.

Fakt. Dele Allining «Tottenxem»dagi rekordi:

-269 ta o‘yinda 69 ta gol;

-51 ta APL goli, 50 ta gol urgan Angliyaning eng yosh futbolchisi;

-21 yoshga to‘lmay, APLda eng ko‘p golda ishtirok etgan futbolchi (40 ta);

-Ikki bor Angliyada yilning eng yosh futbolchisi sovrini.

 

 

ingliz tilidan Jaloliddin ISMATOV tarjimasi

Manba: futaa.com
Kiritildi: 21:34, 03.02.2022.
O'qildi: 2705 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.