Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/11 01:00 Xetafe 2-0 Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik 0-1 Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon 3-0 Dinamo
23/11 17:30 Lester 1-2 Chelsi
23/11 18:00 Valensiya 4-2 Betis
23/11 19:00 Verona 0-5 Inter
23/11 20:00 Bornmut 1-2 Brayton
23/11 20:00 Arsenal 3-0 Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa 2-2 Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton 0-0 Brentford
23/11 20:00 Fulhem 1-4 Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko 2-1 Alaves
23/11 22:00 Milan 0-0 Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti 0-4 Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas 2-3 Malyorka
23/11 22:30 Jirona 4-1 Espanyol
24/11 00:45 Parma 1-3 Atalanta
24/11 01:00 Selta 2-2 Barselona
24/11 15:00 Metallurg 1-0 Surxon
24/11 16:30 Jenoa - Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona - Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna - Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton - Liverpul
24/11 19:00 Torino - Monsa
24/11 19:00 Komo - Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya - Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich - Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli - Roma
24/11 22:30 Leganes - Real Madrid
25/11 00:45 Lasio - Bolonya
25/11 01:00 Atletik Bilbao - Real Sosyedad
25/11 22:30 Empoli - Udineze

PFL 2021 yilda qancha mablag‘ ishlab topgani ma’lum qilindi

PFL 2021 yilda qancha mablag‘ ishlab topgani ma’lum qilindi

Baho:
+1 | -

 

Tashkilot faoliyatining asosiy maqsadi O‘zbekiston Respublikasi hududida professional futbol musobaqalarini tashkil etish va o‘tkazish, shuningdek, futbol klublarining sport hamda tashkiliy-boshqaruv faoliyatini muvofiqlashtirish hisoblanadi.

2020 yilning may oyida O‘FA prezidenti taqdimiga binoan tashkilot rahbariyatida o‘zgarish yuz berdi. Shundan so‘ng uning faoliyatini yangi bosqichga olib chiqish, musobaqalar o‘tkazilishini takomillashtirish, hamkorlar va homiylar bilan ishlash tizimini yaxshilash kabi masalalar asosiy planga chiqdi.

Buning samarasi o‘laroq 2021 yilga kelib musobaqa ishtirokchilari uchun qatnashchilik badallari miqdori tarixda ilk bor 40-50 foizgacha kamaytirildi. Qo‘shimchasiga, ayollar va futzal jamoalari ilk bor badal to‘lashdan to‘liq ozod qilindi.

O‘zPFL dastlab tashkil etilgan yillarda o‘z harajatlarini to‘liq klublardan olinadigan badal pullari evaziga qoplab kelgan. Bugunga kelib tashkilot o‘z harajatlarining qariyb 55 foizini o‘zi ishlab topadi. Jumladan, 2021 yilgi mavsumda O‘zPFL Coca Cola , Apex Insurance va boshqa kompaniyalari bilan hamkorlik orqali 9 milliard 280 million so‘m ishlab topdi.

Bugunga kelib Superliga hamda Pro liga musobaqasi sportga ixtisoslashgan ikki telekanal: “Sport” hamda “UzReport” orqali translyasiya qilinadi. Shuningdek, bu musobaqalar qatorida ayollar chempionati, Birinchi liga kabi musobaqalar Eleven Sports orqali onlayn translyasiya qilinishi natijasida O‘zPFL 2021 yilning o‘zida qariyb 36 ming evro ishlab topgan.

Tashkilot qat’iy prinsiplari orqali professional futbol klublari bilan ishlash tizimini yangi bosqichga olib chiqdi hamda Osiyo futbol konfederasiyasining lisenziyalash talablarini bajarish bo‘yicha 2021 yilda Yaponiya hamda Janubiy Koreyadan keyin qit’aning uchinchi raqamli mamlakatiga aylandi. Tarixda ilk bor Pro liga klublari ham lisenziyalash jarayoniga jalb qilindi. Ilk bor O‘zbekistonning ikki ayollar jamoasi OFK lisenziyasini qo‘lga kiritdi. Shu kungacha asosan 4-5 klub xalqaro lisenziyani qo‘lga kiritgan bo‘lsa, 2021 yilda bu ko‘rsatkich 12 taga etdi. 2022 yilda O‘zPFL mazkur raqamni 16 taga olib chiqish ustida ish olib boryapti.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 4 martdagi PF–6181-son “2021–2025 yillarda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Farmonining 5-bandiga asosan nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining ochiqlik indeksi joriy qilinishi, unga ko‘ra har yil yakunlari bo‘yicha nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan amalga oshirilgan ishlar, ijtimoiy sheriklik darajasi, ajratilgan subsidiya, grant va ijtimoiy buyurtmalar natijadorligi va boshqa muhim faoliyat ko‘rsatkichlariga asosan ularning reytingi tuzilishi belgilangan.

Mazkur Farmon ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlar milliy assosiasiyasi tomonidan ishlab chiqilgan Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining shaffoflik standarti asosida taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra baholash ishlari amalga oshirildi. Unga ko‘ra, 2021 yil bo‘yicha “Eng shaffof nodavlat notijorat tashkilotlari top-20” ro‘yxatiga O‘zbekiston Professional futbol ligasi ham kiritildi.

Qayd etish kerak, “2021 yilgi mavsumda O‘zbekiston Professional futbol ligasi tomonidan o‘tkaziladigan musobaqalar reglamenti”ning 7.7-bandida O‘zPFL o‘z a’zolariga harajatlar yuzasidan moliyaviy hisobot taqdim etishi belgilangan edi. Shundan kelib chiqib, O‘zbekiston Professional futbol ligasi o‘z faoliyatining shaffofligini ta’minlash maqsadida joriy yilning 4 fevral kuni 2021 yilda amalga oshirilgan ishlar, kelib tushgan mablag‘lar va faoliyat bilan bog‘liq harajatlar haqidagi ma’lumotlarni keng jamoatchilikka taqdim etish uchun matbuot anjumani o‘tkazdi.

O‘zbekiston Professional futbol ligasi bundan keyin ham o‘z faoliyati ochiqligi va shaffofligini ta’minlash bo‘yicha ishlarni davom ettiradi.

Manba: www.pfl.uz
Kiritildi: 10:39, 04.02.2022.
O'qildi: 2891 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.