Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/11 16:00 Neftchi 2-0 Nasaf
22/11 18:15 Qizilqum 1-5 Navbahor
23/11 01:00 Xetafe 2-0 Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik - Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon - Dinamo
23/11 17:30 Lester - Chelsi
23/11 18:00 Valensiya - Betis
23/11 19:00 Verona - Inter
23/11 20:00 Bornmut - Brayton
23/11 20:00 Arsenal - Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa - Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton - Brentford
23/11 20:00 Fulhem - Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko - Alaves
23/11 22:00 Milan - Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti - Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas - Malyorka
23/11 22:30 Jirona - Espanyol
24/11 00:45 Parma - Atalanta
24/11 01:00 Selta - Barselona
24/11 15:00 Metallurg - Surxon
24/11 16:30 Jenoa - Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona - Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna - Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton - Liverpul
24/11 19:00 Torino - Monsa
24/11 19:00 Komo - Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya - Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich - Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli - Roma
24/11 22:30 Leganes - Real Madrid

Dushan Vlaxovich: hammasini o‘zgartiradigan transfer

Dushan Vlaxovich: hammasini o‘zgartiradigan transfer

Baho:
+ | -

“Yuventus” va “Fiorentina” o‘rtasida kelishuvga erishilsa, Turin klubiga nisbatan haqoratlar muzokaralar tugamasdanoq boshlanadi.

Ommaviy axborot vositalarida Dushan Vlaxovichning transferi amalga oshishi mumkinligi haqida xabar berilganidan ko‘p o‘tmay, “Artemio Franki” tribunalarida hujumchiga nisbatan haqoratlar yozilgan bannerlar bilan to‘lib ketdi. Shunday qilib, Florensiya klubi Turinga yana bir futbolchi yetishtirib berdi. Bu safar “Yuventus”ga nisbatan tahdidlar ko‘paydi: “Qo‘riqchilar sizni himoya qila olmaydi. Siz lo‘lilar uchun hammasi tugadi”.

Bu ikki jamoaning bir-birlari bilan qanchalik yomon munosabatda ekanliklarini yana bir bor eslasak. 1990 yilda Roberto Badjo “Yuventus”ga o‘tishga qaror qilgandan keyin Florensiya ko‘chalarida ko‘plab namoyishlar uyushtirilgani hali ham esimizda. Ushbu namoyishlarda sobiq bosh vazir Mateo Rensi ham ishtirok etdi va futbolchilar Florensiya klubidan “Yuventus”ga o‘tishini tanqid qildi:

“Biz jonli efirdamiz, shuning uchun men qasam ichmaslikka harakat qilaman. Lekin jahlim chiqdi. Nega “Fiorentina” doim o‘z yulduzlarini “Yuventus”ga sotadi? Hech bo‘lmaganda boshqa klubni soting”.

Klubning yangi prezidenti Rokko Komisso 2019 yilda Badjoning transferini eslab o‘tdi. O‘shanda Federiko Kyezaning ketishi ehtimoli muhokama qilingan. “Men Robi ishi bo‘yicha qilgan xatoimizni takrorlamayman”, dedi amerikalik funksioner “Il Sole 24 Ore” nashrigabergan intervyusida. Robi tarixdagi eng buyuk futbolchi edi va biz uni ozgina pulga sotdik... Men uchun Kyeza bizning futbolchimiz va biz uni 100 million yevroga ham sotmaymiz".

To‘g‘ri, o‘yinchi oxir-oqibat 2020 yilda 100 million yevroning yarmiga sotilgan. Komisso esa yana “Yuventus” Kyezani “o‘g‘irlagani”, unga “ko‘proq pul” taklif qilganini tanqid qildi. Shuningdek, “zamonaviy futbolda hamma narsani pul hal qiladi” deb jahli chiqdi.

 

Bularning barchasini o‘ylab ko‘ring va Vlaxovichni 75 million yevroga sotish qarori ajablanarli emasligini tushunasiz. Shunchaki, endi oltinchi o‘rinni egallab turgan “Fiorentina” o‘zining eng yaxshi to‘purarisiz, yuqori o‘rinlar uchun harakat qilishni boshlaydi. Ular shu sabab anchadan buyun klub bilan shartnomani uzaytirish niyatida bo‘lmagan futbolchini tezroq sotishga harakat qildi. Chunki Dushan bari-bir Florensiyaddan ketgan bo‘lardi. Shu sabab, klub rahbariyati Vlaxovichdan foyda olgan holda sotishga qaror qildi. Shuni ham unutmaylikki, serbning o‘zi ham Turinga ko‘chib o‘tishni anchadan beri orzu qilgandi. Demak, bu transfer ajablanarli emas. Ajablanarlisi shundaki, bu hozir sodir bo‘ldi.

Vlaxovich uzoq vaqtdan beri “Yuventus” uchun ideal futbolchi hisoblanib kelgan. Allegri shogirdlari juda kam gol urishadi. Ular 23 o‘yinda bor-yo‘g‘i 34 marta raqib kiperlarini xafa qilishgan. Ammo o‘tgan haftada hech qanday kelishuv haqida gap bo‘lmagandi. Yaqinda rekord darajada zarar ko‘rgan klub, qanday qilib bunday transferni amalga oshira olgani haligacha tushunarsiz.

Klubning 63,8 foiziga egalik qiladigan EXOR kapital daromadlari bu yerda klubga yordam berdi.

“Calcio e Finanza” nashri xabariga ko‘ra, klub transferlar uchun taxminan 80 million yevro qarz olgan. Shu bilan birga, “Fiorentina” birdaniga to‘liq summani olmaydi. “Yuventus” 80 million yevroni bir necha yil davomida bo‘lib-bo‘lib to‘laydi.

“Yuve” hech qachon Alvaro Morataning shartnomasini to‘liq sotib olishga harakat qilmagan, shuning uchun ispaniyalik futbolchi “Barselona”ga o‘tishi mumkin. “Keksa sinyora” qishda Aaron Remzidan qutulish uchun hamma narsani qildi. Taxminlarga ko‘ra, Dibalaning Italiyada uzoq vaqt davomida qolmasligi mumkin. Bu holda, Turin klubi ancha maoshni tejab qolishi mumkin.

Xo‘sh, Vlaxovich o‘sha yetakchiga aylanadimi? U haqiqatan ham Xoland va Mbappe bilan birga dunyoning eng yaxshi to‘purarlaridan biri bo‘la oladimi? Mutaxassislarning fikricha, serbiyalik futbolchi Chempionlar ligasida hali o‘ynamagan. Uning haqiqiy qobiliyati Yevropa arenalarida bilinadi. “Yuventus” kelasi mavsumda yevrokuboklarishda qatnashishi so‘roq ostida. Ammo dushan o‘z jamoasini yetaklay olishi mumkin.

Turinda muxlislari Vlahovichdan jamoaning barcha muammolarini bir o‘zi hal qilishini kutishadi. Bunga ishonish qiyin: Allegrining pragmatik taktikasi bunga yo‘l qo‘ymasligi mumkin.

“Agar “Yuventus” va Allegri futbol qoidalari va taktikasini o‘zgartirmasa, bu xaridning o‘zi yetarli bo‘lmaydi”, - deydi sobiq italiyalik futbolchi Daniele Adani. Ammo barcha voqealarga qaramay, bu “Yuventu” va “Fiorentina” uchun eng muhim transfer ekanligini inkor etib bo‘lmaydi.



Jamshidjon Mahmudov tarjimasi

Manba: Goal.com
Kiritildi: 18:41, 04.02.2022.
O'qildi: 2659 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.