Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/05 23:45 Piza - Lechche
02/05 00:00 Lids - Byornli
02/05 00:00 Jirona - Malyorka
02/05 17:00 Vilyarreal - Levante
02/05 18:00 Udineze - Torino
02/05 19:00 Vulverhempton - Sanderlend
02/05 19:00 Brentford - Vest Xem
02/05 19:00 Nyukasl - Brayton
02/05 19:15 Valensiya - Atletiko
02/05 21:00 Komo - Napoli
02/05 21:30 Arsenal - Fulhem
02/05 21:30 Alaves - Atletik Bilbao
02/05 23:45 Atalanta - Jenoa
03/05 00:00 Osasuna - Barselona

“Metallurg” bugun nazorat o‘yinida maydonga tushadi

“Metallurg” bugun nazorat o‘yinida maydonga tushadi

Baho:
+ | -

Ikkinchi kundirki Bekobodning “Metallurg” jamoasi yangi mavsum tayyorgarligini Turkiyaning Antaliya shahrida davom ettirmoqda. Kecha kunning birinchi yarmida murabbiylar shtabi futbolchilar bilan mashg‘ulot zalida ishlashdi. Trenajer snaryadlari yordamida jismoniy yuklamalar berildi.

Kunning ikkinchi yarmida esa mashg‘ulotlar ochiq maydonga ko‘chdi. Bu jarayonda o‘yin amaliyotini shakllantirish, futbolchilarning to‘p bilan ishlashlariga ko‘proq urg‘u qaratildi. Kechki hordiqdan keyin esa keyingi kunga kuch to‘plab olish uchun vaqtliroq dam olishga kirishildi.

Eslatib o‘tamiz, Turkiyadagi safarning uchinchi kuniga – ya’ni 5 fevral sanasiga nazorat uchrashuvi rejalashtirilgan.

“Metallurg”ning sparring raqibi Ukrainaning “Metallist” jamoasi bo‘ladi. Uchrashuv Turkiya vaqti bilan 17:00 (Toshkent vaqti bilan 20:00) boshlanadi.

Manba: "Металлург" клуби матбуот хизмати
Kiritildi: 09:05, 05.02.2022.
O'qildi: 1087 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик