Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/10 00:00 Koventri Siti 4-1 Nyukasl
13/10 00:00 Levante 3-3 Sevilya
13/10 12:45 Nyukasl Jets 1-3 Gamba Osaka
13/10 15:00 Shangxay Port 1-1 Tejon Hana Citizen
13/10 15:00 Poxang Stilers 0-2 Johor Dorul Ta'zim
13/10 15:00 Kyoto Sanga 1-0 Ratchaburi
13/10 17:15 Kongan Hanoi 0-1 Kashima Antlers
13/10 17:15 Buriram Yunayted 0-1 Beyjing Guoan
13/10 18:45 As-Siyb 0-3 Al-Hussayn
13/10 21:00 As-Sadd 0-2 Al-Hilol
13/10 21:00 Ist Bengal 2-3 Ash-Shorta
13/10 21:45 Sabah 2-0 Slaviya
13/10 21:45 Lans 0-2 Sporting
13/10 23:15 Al-Ittihod 1-2 Shabab al-Ahli
13/10 23:59 Galatasaroy 1-4 Barselona
13/10 23:59 Atletiko 2-0 Man. Yunayted
13/10 23:59 Arsenal 3-0 Lill
13/10 23:59 Vilyarreal 3-1 Napoli
13/10 23:59 Inter 3-4 Bryugge
13/10 23:59 RB Leypsig 1-0 PSV
13/10 23:59 Viking 3-3 Bavariya
14/10 12:45 Melburn Viktori - Seul
14/10 15:00 Kashiva Reysol - Port
14/10 15:00 Vissel Kobe - Chonbuk Motors
14/10 17:15 Persib - Kong-Vittel
14/10 18:45 Nasaf - Al-Vahda
14/10 21:00 Al-Jaziyra - Arkadag'
14/10 21:00 Kuvayt SK - Xolidiya
14/10 21:00 Al-Muharraq - Gol Gohar
14/10 21:00 At-Ta'vun - Ar-Rayyan
14/10 21:00 Al-Faysaliy - An-Nahda

“Real Madrid” akademiyasining eng yaxshi bitiruvchisi

“Real Madrid” akademiyasining eng yaxshi bitiruvchisi

Baho:
+ | -

 

Ko‘pchilik futbol ishqibozlari “Real” tarkibida porlashi kutilgan Xese Rodregesni yaxshi tanishadi. U gol kiritish bo‘yicha Emilio Butragenoning rekordini yangilagan, "Real" safida yosh payotiyoq debyut golini urgan, Raulning xayrlashuv uchrashuvida dubl qayd etgan va shu bilan birga bor-yo‘g‘i 5 daqiqa o‘ynab chempionlik medalini qo‘lga kiritgan. U o‘zining haddan tashqari ortiqcha vazni bilan barchani hayratda qoldirardi. 16/17- yilgi mavsumdan so‘ng Xese deyarli futbol olamida ko‘rinmadi. Bir-nechta klublar safiga borib qo‘shildi lekin juda ham kam o‘yinda maydonga tushdi. Ammo bu mavsumda hammasi o‘zgardi va Xese nihoyat yana muxlislarning suyuklisiga aylanishga xarakat qilmoqda.

 Xese Kanar orollaridagi Las-Palmas shahrida tug‘ilib o‘sgan. Xese “El Pilar” jamoasida futbol o‘ynay boshlagan, keyin “Huracan” jamoasi tarkibida paydo bo‘lgan. 12 yoshida Rodriges istiqbolli futbolchi hisoblanardi, u mavsumda yuzdan ortiq gol urdi. Uni Ispaniyaning yetakchi klublari skautlari kuzatib borishdi, ular orasidan Xese “Real Madrid”ni tanladi. 14 yoshida Xese Madridga keldi. Yoshlar jamoasidagi o‘yinlarda o‘zini yaxshi ko‘rsatgan futbolchi asosiy tarkib bilan shug‘ullana boshladi. 2011 yilning yanvar oyida Xese klubning ikkinchi jamoasi "Real Madrid Kastilya" o‘yinlarida ishtirok etdi. O‘shanda Marca gazetasi Xeseni klubning ko‘p yillardagi eng yaxshi akademiya bitiruvchisi deb e’lon qilgandi. 2011 yilning mart oyida hali Kastilyada o‘z o‘rnini topgan Rodriges "Real Madrid" bilan 2014 yilgacha shartnoma imzoladi. Kastilyada Xeze tengsiz edi. 12/13-yilgi mavsumda ispaniyalik futbolchi 22 ta gol urib, Kastilya uchun gol urish bo‘yicha afsonaviy Emilio Butraguyenoning rekordini yangiladi.

13/14-mavsumdayoq Xese "Real Madrid" asosiy jamoasiga jalb qilina boshladi. Ispaniyalik futbolchi faqat zaxiradan maydonga tushdi, lekin har qanday imkoniyatdan foydalandi va mavsumning 3 o‘yinida 80 daqiqadan ko‘proq o‘ynadi, Xese 3 ta gol urdi va golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchi Chempionlar ligasida ham "Real Madrid" safida to‘p surgan va faoliyatida bir bor ushbu sovrinni qo‘lga kiritgan. 14/15 mavsumda Xese jarohati tufayli deyarli maydonga tushmadi. Ammo keyin u jaroxatdan qutilib, "qaymoqranglilar" safidada faol o‘ynadi, La Ligada "gol+pas" tizimi bo‘yicha 5+7 gol urdi va Chempionlar ligasining 9ta o‘yinida qatnashdi. Keyinchalik ispanni 25 million yevro evaziga PSJ xarid qildi.

  Xesening Parijdagi debyut mavsumi natija bermadi: u tarkibda o‘z o‘rnini topa olmadi va kam o‘ynadi. Shuning uchun, qishda Xese “Las-Palmas”ga ijaraga berildi. Bu yerda ispaniyalik tez-tez maydonga tushdi: qolgan mavsumning aksariyat o‘yinlarida u 90 daqiqa o‘ynadi, ammo foydali ish bajara olmadi. Keyingi mavsumdan so‘ng "Stok Siti”da bir yil ijarada o‘ynadi. Ammo Angliyada Hese deyarli o‘ynamadi. Ispaniyalik 18/19-yilgi mavsumning birinchi qismini butunlay o‘tkazib yubordi va mavsumning ikkinchi qismida "Betis"ga yo‘l oldi, u yerda futbolchi ko‘p o‘yinda maydonga tushdi, lekin bor-yo‘g‘i 1 ta gol urdi. Golni xam so‘ngi turda “Real” darvozasiga kiritdi. Keyingi mavsumda Xeseni boshqa ijarani kutayotgan edi, lekin uning ko‘z o‘ngida u ortiqcha vazn bilan mashg‘ulotlarga kelib, jamoatchilikni hayratda qoldirdi va allaqachon yuqori toifali futbolchiga o‘xshardi. Jaroxatlar muammosi tufayli Tomas Tuxel Xeseni mashg‘ulotlarga olib kelishiga to‘g‘ri keldi. Ispaniyalik hatto “Mes” bilan o‘yinning eng oxirida maydonga tushdi, aynan shu maydonga chiqish ispaniyalikga Fransiya chempioni unvonini keltirdi. To‘g‘ri, futbolchi mavsumning qolgan qismini "Sporting"da ijarada o‘tkazdi, ammo kam o‘ynadi va atigi 1 gol urdi. Xese 20/21 mavsumni PSJda boshlagan va hatto 2 ta o‘yin o‘tkazgan, biroq dekabrda u rafiqasi bilan janjalga tushib qolgan, shundan so‘ng PSJ futbolchi bilan shartnomani bekor qilgan. Karyera tezda pastga tushdi. Fevral oyida futbolchi erkin agent sifatida vatani “Las-Palmas”ga ko‘chib o‘tdi. Mavsumni unchalik muvaffaqiyatli yakunlamadi: “gol+pas” tizimi bo‘yicha atigi 2+2.

21/22 yilgi mavsumda hamma narsa o‘zgardi. Xese mavsumni boshladi: birinchi o‘yinda ispaniyalik goli bilan kuchli “Valyadolid”dan bir ochko yutib olindi. Futbolchi asosiy tarkibda o‘z o‘rnini qo‘lga kiritdi, sardorlik bog‘ichini taqishni boshladi va mavsumning birinchi qismida "gol+pas" tizimi bo‘yicha 13 ochkoga ega chiqdi. O‘z shahrining klubida Xese o‘zini topib olganga o‘xshaydi va xuddi 10 yil oldin Kastilya uchun bo‘lgani kabi Segundada ham faol gol urmoqda.

 Mirjalol Pardaboyev tarjimasi

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 13:51, 05.02.2022.
O'qildi: 3812 marta.
Fikrlar: 29 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик