Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/04 00:00 Atletik Bilbao 1-2 Vilyarreal
13/04 18:00 Nasaf 1-1 Buxoro
13/04 19:00 Paxtakor 2-1 Mash’al
13/04 20:15 Qizilqum 1-3 So‘g‘diyona
13/04 23:45 Fiorentina 1-0 Lasio
14/04 00:00 Man. Yunayted 1-2 Lids
14/04 00:00 Levante 1-0 Xetafe
14/04 18:00 Xorazm 2-2 Qo‘qon-1912
14/04 20:15 Bunyodkor 0-1 Neftchi
14/04 23:59 Atletiko - Barselona
14/04 23:59 Liverpul - PSJ
14/04 23:59 Arsenal - Sporting
15/04 23:59 Bavariya - Real Madrid

«Barselona» Dembele masalasida to‘liq ixtiyorni Xaviga berdi

«Barselona» Dembele masalasida to‘liq ixtiyorni Xaviga berdi

Baho:
+ | -

«Barselona» rahbariyati jamoa bosh murabbiyi Xaviga vinger Usmon Dembeleni o‘yinlarda maydonga tushirishni taqiqlamaydi.

Mundo Deportivo’ga ko‘ra, Xaviga bu masalada to‘liq erkinlik berilgan, u fransiyalik futbolchidan mavsum oxirigacha o‘zi istaganidek foydalanishi mumkin. Shuningdek, 24 yoshli yarim himoyachi Yevropa Ligasi uchun qaydnomaga ham kiritilgan.

Avvalroq Dembele tufayli «Barselona» prezidenti Xoan Laporta va Xavi o‘rtasida kelishmovchilik yuzaga kelgani haqida xabar berilgandi.

Eslatib o‘tamiz, Dembele va shartnomani uzaytirish borasida kelisha olmayapti. Avvalroq «Barselona» futbolchi bilan shartnomani o‘zaro kelishuv asosida bekor qilmoqchi ekani xabar qilingandi. Agar Dembele bunga rozi bo‘lsa, u erkin agentga aylanadi, kataloniyaliklar esa futbolchi yangi klub topgunicha unga maoshning bir qismini to‘lab beradi.

24 yoshli futbolchi La Liga joriy mavsumida 6 ta o‘yin o‘tkazib, 2 ta golli uzatma muallifiga aylandi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 15:12, 05.02.2022.
O'qildi: 1326 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик