Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

«Raqiblar». Sneydermi yoki Kaka? Kim kuchliroq (edi)?

«Raqiblar». Sneydermi yoki Kaka? Kim kuchliroq (edi)?

Baho:
+ | -

Milan shahrining ikki shonli klubi tarkibida to‘p surganlar orasida mashhur hamda suyukli futbolchilar juda ko‘p. Muxlislar ichida esa «Milan» yoki «Inter» o‘rtasida qay biri kuchli ekani doimo munozaralarga sabab bo‘lgan. Ushbu klublardagi faoliyatida bilan mashhur bo‘lganlar orasida Uesli Sneyder hamda Kaka ham bor. Afsuski, bu juftlik hech qachon Milan derbisida to‘qnashmagan. Kaka «Real»ga yo‘l olganida, Sneyder «Bernabeu»ni tark etayotgan edi. Shunga qaramay, biz ushbu ikki afsonani bir-biriga qarshi qo‘ya oldik. Xo‘sh, ular orasida qay biri kuchliroq, qay biri yaxshiroq natijalar egasiga aylangan? Quyida siz bilan ushbu savollarga bir nechta aspektlar misolida javob izlaymiz.

1. Italiyadagi rekord

Sizga Kaka atigi bir marotaba A seriya g‘olibi bo‘lgan desak, ishonasizmi? Balki ishonmassiz, lekin shunday. U umrida bir marta «Milan» safida mavsumni birinchi o‘rinda yakunlagan. Bir marta esa, beshinchi pog‘onada. U Skudettoga bir marta ega chiqqani kabi, UYEFA kubogi musobaqasida ham bir marta o‘ynagan, xolos. Bu borada Sneyder yaxshiroq natijaga ega.
Garchanda Italiyada Kakadan ikki yarim yil kamroq o‘ynagan bo‘lsada, niderlandiyalik futbolchida Kakanikiga qaraganda ko‘proq sovrinlar jamg‘armasi mavjud. Sneyder «Inter» bilan oltita titul yutgan bo‘lsa, Kaka «Milan» safida beshta sovrinni qo‘lga kiritgan. Shu sababdan bu bobni Sneyder egallaydi.

2. Gollar va assistlar

Kakaning maydondagi harakatlariga «Braziliyalik daholar» deb nomlangan maqolada ham alohida to‘xtalib o‘tgan edik. Haqiqatdan ham braziliyalikning o‘yini, aniqlik hamda nafislik ustiga qurilar edi. Kaka jamoasiga har tomonlama yordam bergan. Shunga yarasha, uning gollar hamda assistlar statistikasi juda ham yaxshi. U «rossonerilar» tarkibida ajralib turar, o‘z davrining eng yaxshilari bo‘lmish, Ronaldinyo hamda Lempard bilan bemalol raqobatlasha olardi.
Bu borada Sneyder unchalik ham maqtana olmaydi. Chunki uning o‘yiniga natija tomonlama emas, vizuallik bilan boqish o‘rinliroqdir. Sneyder o‘ninchi raqamlarga xos tarzda gollarni qalashtirib tashlay olmagan. Buni uning «Inter» safidagi maksimal natijasidan bilib olsak ham bo‘ladi. Bu ko‘rsatkich esa to‘qqiztaga teng. Ya’ni, Sneyder bir mavsumda ko‘pi bilan to‘qqizta gol ura olgan, xolos. Shunday ekan, g‘olib – Kaka.

3. Jarima zarbasi ijrochiligi

Bu borada bechora Kakaning aybi shundan iborat ediki, u o‘z davrining eng zo‘r futbolchilaridan biri bo‘lishiga qaramay, «Milan»da jarima zarbalari ustasi bilan jamoadosh bo‘lgan. U yerda hech bir o‘yinchi Andrea Pirlodan o‘ta olmagan!
Kaka raqib darvozasi qarshisida eng katta xavflardan bo‘lishi mumkindir, ammo Sneyder jahonning eng yetakchi standart vaziyatlar mutaxassisi edi. Shuning uchun niderlandiyalik iste’dodni bu aspektning g‘olib deb e’lon qilishga majburmiz.

4. Sovrinlar jamg‘armasi

Aminmizki, qancha zamonlar o‘tmasin, Kaka hamda Sneyder futbol daholari sifatida eslanadi. Chunki ular o‘z davrining yorqin yulduzlari edi. Ularning har ikkisi YECHL bosh sovrini hamda Yevropaning har xil davlatlari chempionligini qo‘lga kiritgan. Biroq bu yerda faoliyatlar orasidagi kichik tafovut mavjud: Kaka Jahon chempioni nomini qo‘lga kiritgan, shuningdek, «Oltin to‘p» sohibiga aylangan. Sneyder esa ushbu sovrinlarga juda yaqin kelgan-u, lekin nasib qilmagan. U Jahon chempionati finalchisiga aylangan. Fenomenal o‘tkazgan mavsumlarida «Oltin to‘p»ga nomzodi qo‘yilgan. O‘shanda ko‘pchilik uni bu sovrinni qo‘lga kiritishi kerak edi, deb hisoblardi. Afsuski, omad Sneyder tarafda emasdi...
G‘olib nomi esa aniq – Kaka!

 

 

ingliz tilidan Jaloliddin ISMATOV tarjimasi

Manba: 90min.com
Kiritildi: 17:01, 05.02.2022.
O'qildi: 1583 marta.
Fikrlar: 15 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.