Hujumchi Erik Chupo-Moting Myunxenning «Bavariya» klubida tutgan o‘rnidan norozi bo‘lmoqda. U kam o‘yin amaliyotiga ega bo‘layotgani uchun jamoasini o‘zgartirmoqchi.
Todofichajes nashrining tarqatgan ma’lumotiga qaraganda, 32 yoshli futbolchiga Turkiya chempionatidan qiziqish bor. Chupo-Motingni agenti «Fenerbaxche» klubi bilan o‘z mijozining ehtimoliy transferi haqida muzokara olib borgan. Istanbulliklar ushbu bitimni 2021/2022 yilgi mavsum yakunlangach amalga oshirmoqchi.
Kamerunlik futbolchining «Bavariya» bilan 2023 yilning iyun oyigacha shartnomasi bor.