UYEFA PSJ hujumchisi Neymarning 30 yillik yubileyini e’tiborsiz qoldirmadi.
"Bugun yana bir ajoyib futbolchini tug‘ilgan kuni bilan tabriklayman", - deb yozdi UYEFA tvitteridagi sahifasida.
Eslatib o‘tamiz, Neymar PSJ safida to‘p tepmoqda. Shuningdek, u faoliyati davomid "Santos" va "Barselona" kabi klublar sharafini ham himoya qilgan.