Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/09 00:00 Valyadolid 1-2 Malyorka
28/09 16:30 Nyukasl 1-1 Manchester Siti
28/09 17:00 Xetafe 2-0 Alaves
28/09 17:00 Bunyodkor 2-2 Nasaf
28/09 18:00 Udineze 2-3 Inter
28/09 19:00 Arsenal 4-2 Lester
28/09 19:00 Brentford 1-1 Vest Xem
28/09 19:00 Everton 2-1 Kristal Pelas
28/09 19:00 Nottingem Forest 0-1 Fulhem
28/09 19:00 Chelsi 4-2 Brayton
28/09 19:15 Rayo Valyekano 1-1 Leganes
28/09 21:00 Jenoa 0-3 Yuventus
28/09 21:30 Real Sosyedad 3-0 Valensiya
28/09 21:30 Vulverhempton 1-2 Liverpul
28/09 23:45 Bolonya 1-1 Atalanta
29/09 00:00 Osasuna 4-2 Barselona
29/09 15:30 Torino - Lasio
29/09 17:00 Selta - Jirona
29/09 18:00 Roma - Venetsiya
29/09 18:00 Komo - Verona
29/09 18:00 Ipsvich - Aston Villa
29/09 19:15 Atletik Bilbao - Sevilya
29/09 20:30 Man. Yunayted - Tottenhem
29/09 21:00 Empoli - Fiorentina
29/09 21:30 Betis - Espanyol
29/09 23:45 Napoli - Monsa
30/09 00:00 Atletiko - Real Madrid
30/09 23:45 Parma - Kalyari
01/10 00:00 Vilyarreal - Las-Palmas
01/10 00:00 Bornmut - Sautgempton

«Lill»: Endi maqsad boshqacha

«Lill»: Endi maqsad boshqacha

Baho:
+ | -

«Lill» klubi o‘tgan mavsum Fransiya chempionligiga erishib, butun Yevropani hayratda qoldirdi. «Doglar» «PSJ»ni bir ochkoga ortda qoldirib, marraga birinchi o‘rinda yetib borishdi. «Lill» g‘oliblikka erishib ulgurmasidan, yangi mavsumda ushbu muvaffaqiyatning qaytarilmasligi tushunarli edi. Jamoaning o‘sha paytdagi bosh murabbiyi Kristof Galtye klubni tark etishini ancha oldin aytgandi. Uning ortidan muhim futbolchilar ham ketishni boshlashdi. FootballHD Fransiyaning amaldagi chempionida kuzatilayotgan kadrlar muammosi haqida so‘z yuritadi.

Nufuzli sovrin qo‘lga kiritilgani va Chempionlar Ligasiga chiqilganiga qaramay, klub jiddiy moliyaviy muammolarga yo‘liqdi. «Doglar» hamon futbolchi sotishga majburlar, lekin bu bilan vaziyat o‘zgarmayapti. Keyingi mavsum boshigacha «Lill»da Galtye bilan chempionlikka erishilishida qatnashgan biror futbolchi qolmasligi ehtimoli katta. Tabiiyki, chempionlarning istiqboli haqida ijobiy fikr bildirish mushkul.

 

JAMOANI KIMLAR TARK ETDI?

Mayk Menyan

Menyan «Lill»ning o‘tgan mavsumdagi muvaffaqiyatida katta rol o‘ynaganlardan biri. Ishonchli kiper - chempionlikni ko‘zlagan jamoaning muhim a’zosidir. O‘tgan mavsum Mayk Liga 1da 38ta o‘yinda maydonga tushib, ularning 21tasida darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi va ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha chempionatning eng yaxshi darvozaboniga aylandi. Fransuz bir o‘yinda o‘rtacha 0,61ta gol o‘tkazib yubordi, bu esa faoliyatidagi eng yaxshi natijasidir. «Doglar» Liga 1ning o‘tgan mavsumini urilgan va o‘tkazib yuborilgan gollar far­qini +41ga yetkazgan holda yakunlashdi. 1995 yildan buyon hisoblaganda, klub tarixidagi eng yaxshi ko‘rsatkichning qayd etilishida Menyanning ham hissasi katta. Biroq «Lill» o‘zining eng yaxshi o‘yinchilaridan birini saqlab qololmadi. Yozda fransiyalik posbon 14,3 mln. yevro evaziga «Milan»ga o‘tdi. E’tiborlisi, «doglar» mavsumning eng yaxshi kiperi uchun bundan ko‘proq summa so‘rashmadi.

Luis Araujo

Araujo 2017 yildan buyon «Lill» tarkibida to‘p surib kelgan. Shu vaqt mobaynida Luis fransuz klubida rotasiya o‘yinchisi hisoblangan, lekin har doim foyda keltirgan. O‘tgan mavsum ushbu futbolchi Liga 1da 4ta gol va 2ta assist qayd etdi. Ehtimol, braziliyalik vinger «doglar» uchun fundamental ijrochi hisoblanmagandir, lekin hozir uning yordami jamoaga asqotishi aniq edi. Lekin Araujo 11 mln. yevro evaziga «Atlanta Yunayted» a’zosiga aylandi va yangi jamoasining MLS «pley-off» bos­qichiga chiqishiga ko‘maklashdi. Yangi mavsumda atlantaliklar ishtirokini kuzatish qiziq bo‘ladi, xuddi yaqindagina «Lill»ni kuzatganimiz singari.

Jonatan Ikone

Ikone chempionlik mavsumida o‘ta sermahsul bo‘lmagandi, ammo baribir, jamoaning kuchayishiga ulush qo‘shdi. Futbolchi Galtye ishonchiga kirdi, aynan shu mutaxassis talabiga ko‘ra «Monpelye»dan «Lill»ga o‘tdi. Fransiyalik vinger hozir oson bo‘lmagan davrni boshdan kechirayotgan jamoaga yetishmayapti. Biroq yanvarda «doglar» ushbu futbolchini «Fiorentina»ga berib, evaziga 14 mln. yevro olishdi. Ikone hamon yangi chempionatga moslashish jarayonida, hozircha hisobiga samarali uzatma yozdirib qo‘yishga ulgurdi. «Lill»da uning pozisiyasida Isaak Lixaji to‘p surmoqda. Bu yigitcha ancha salohiyatli, lekin yangi murabbiy unga ortiqcha ishonch bildirmayapti.

Yusuf Yaziji

Ushbu futbolchi yaqinda Moskvaning SSKA klubiga o‘tdi. Fransuzlarning tur-kiyalikni qo‘yib yuborishgani biroz g‘alati. O‘tgan mavsum xavbek Liga 1da gol+pas tizimi bo‘yicha 11 ochko ishladi, vaholanki, har bir o‘yinda o‘rtacha hisobda 34 daqiqa to‘p surdi. Joriy kampaniyada Yusuf avvalgidek sermahsul emas, lekin baribir, tarkibda ortiqchalik qilmasdi. Chetdan qaraganda, Yazijining «armiyachilar» safiga qo‘shilgani ham e’tiborga molik, zero, Fransiya chempioni nisbatan kuchliroq ligaga o‘tishi ham mumkin edi. Boshqa tomondan, turk futbolchisining RPLda uzoq ushlanib qolishiga kafolat yo‘q. Mavsum oxirida undan kelajagiga oydinlik kiritish talab etiladi.

 

«LILL»NI KIMLAR TARK ETADI?

Sven Botman

Botman «Lill»dagi ikkinchi mavsumini o‘tkazmoqda va bu oxirgisi bo‘lishi mumkin. Gollandning ketishi jamoa uchun katta yo‘qotish bo‘ladi. O‘tgan mavsum Sven «Lill»ning asosiy himoyachisi hisoblangan, chempionlikka katta hissa qo‘shgandi. Joriy mavsumda esa, u Fransiya klubidagi samarali harakatlari hisobini ham ochdi: Liga 1ning 14ta o‘yinida 2 gol va 1ta assist qayd etdi, markaziy himoyachi uchun yomonmas. «Doglar» Botmanni qo‘yib yubormoqchi emaslar, potensial xaridor «Milan»ni ham yirik narx bilan cho‘chitishdi. Ammo tez orada futbolchiga boshqa klublar ham taklif bilan chiqishadi. «Lill»ning kelajagi xavotirli ekanligini inobatga olsak, mahoratli himoyachini tarkibda saqlab qolishi oson kechmasligi turgan gap.

Jonatan Devid

Devidning holati ham Botmannikiga o‘xshash. Kanadalik futbolchi «Lill»da ikkinchi mavsumini o‘tkazmoqda, lekin yozda jamoani tark etishi ehtimoli katta. Uning agenti ushbu mavzuda fikrini bildirishga ulgurgan. Yosh hujumchining ketishi jamoa samaradorligiga jiddiy zarba beradi. O‘tgan mavsum forvard 13ta gol urib, «doglar»ga chempionlikka erishishda salmoqli yordam bergandi. Joriy mavsum uning hisobida 12ta gol bor. Hozirning o‘zida Devid Vissam Ben-Yedder bilan birgalikda Liga 1 to‘purarlari ro‘yxatini boshqarib turibdi. Futbolchiga «Real», «Chelsi», «Barselona» va «Liverpul» tomonidan qiziqish bor. «Lill»da uni tarkibda saqlab qolish uchun deyarli imkon yo‘q.

Renatu Sanshesh

Sanshesh «Bavariya»dagi omadsiz davrdan keyin «Lill»ga o‘tdi va bu jamoa uning uchun yaxshi maskanga aylandi. Portugaliyalik futbolchi Galtye davrida yaxshi o‘yin amaliyotiga ega bo‘ldi, hozir ham boshlang‘ich tarkibga muntazam kirmoqda. Qizig‘i, xavbek gol+pas tizimi bo‘yicha 4 ochko to‘plashga ulgurdi - «Lill»da avvalgi ikki mavsumda xuddi shuncha ko‘rsatkich qayd etgandi. Sansheshning ketishi haqidagi gap-so‘zlar o‘tgan yozdayoq tarqagandi. Ayni payt jarayon yanada tezlashmoqda. Futbolchiga «Liverpul», «Arsenal» va «Milan»dan qiziqish bor. OAV xabariga ko‘ra, «rossoneri» Renatu bo‘yicha «doglar» bilan muzokaralarni boshlab yuborishgan. Sanshesh Fransiya chempionligiga erishdi, ammo kelajakda bundanda yuqoriroq natijalarga erishishga loyiq.

A.ABDUVALIXO‘JAYEV tayyorladi

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 08:45, 06.02.2022.
O'qildi: 1711 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.