Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/04 23:45 Roma 3-0 Piza
11/04 00:00 Vest Xem 4-0 Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid 1-1 Jirona
11/04 16:30 Arsenal 1-2 Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad 3-3 Alaves
11/04 18:00 Kalyari 1-0 Cremonese
11/04 18:00 Torino 2-1 Verona
11/04 19:00 Brentford 2-2 Everton
11/04 19:00 Byornli 0-2 Brayton
11/04 19:15 Elche 1-0 Valensiya
11/04 21:00 Milan 0-3 Udineze
11/04 21:30 Liverpul - Fulhem
11/04 21:30 Barselona - Espanyol
11/04 23:45 Atalanta - Yuventus
12/04 00:00 Sevilya - Atletiko
12/04 15:30 Jenoa - Sassuolo
12/04 16:00 Navbahor - Surxon
12/04 17:00 Dinamo - Lokomotiv
12/04 17:00 Osasuna - Betis
12/04 18:00 Parma - Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas - Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest - Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend - Tottenhem
12/04 18:15 Andijon - OKMK
12/04 19:15 Malyorka - Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi - Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya - Lechche
12/04 21:30 Selta - Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo - Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao - Vilyarreal

Mourning qaysarligi, antiqahramon Abraxam va “2” baho olgan hujum chizig‘i

Mourning qaysarligi, antiqahramon Abraxam va “2” baho olgan hujum chizig‘i

Baho:
+ | -

“Roma”ning kechagi “Jenoa”ga qarshi o‘yini Mourinyoning kursisini qattiqroq qimirlatib yuborgan bo‘lsa ajabmas. Rimliklar so‘nggi paytlarda namoyish etayotgan o‘yinda mazmun yo‘q, jamoa o‘yin davomida juda ko‘p zarba beradi, ammo zarbalarning 80-85 foizi noaniq.

Bugungi matchda ko‘rganimiz Dzanyolo va El-SHaaravilarning egoistligimi yoki Jozedan shunday ko‘rsatma bo‘lganmi, buyog‘i bizga qorong‘u. Ma’lum narsa shuki, futbol jamoaviy o‘yin va unda ikki yo uch futbolchining zarbalari bilan yutib bo‘lmaydi. Agar shunday bo‘lsa ham, bu katta ehtimol bilan tasodifiy yoki omad bilan bog‘lanadigan gollar bo‘ladi. Mour qaysar shaxs. O‘z uslubi va prinsiplari “o‘tmaslashib” kolganini hech qachon tan olmaydi.

Bugungi nursiz durang sabab Rim jamoasi yevrokuboklar uchun kurashdagi imkoniyatlarini yomonlashtirib yubordi. "Roma" 9 fevral kuni “Inter" mehmoni bo‘ladi. Bu o‘yin portugaliyalik mutaxassis uchun haqiqiy imtihon bo‘lishiga shubha yo‘q.

* * *

Bugun Abraxam o‘zini yaxshi tomondan ko‘rsata olmadi. Yetmagandek jamoadoshining goli u sabab bekor qilindi. VAR orqali goli bekor bo‘lgan Dzanyolo bunga chiday olmay, “qizil” bilan maydonni tark etishga qaror qildi. Zaxiradan o‘yinga qo‘shilgan Afena-Gyan ham oddiy vaziyatlarda to‘pni yo‘qotdi, o‘yinni kuchaytira olmadi. El-SHaaravi esa imkon bo‘lishi bilan to‘pni faqat osmonga tepdi.

Qisqa qilib aytganda, “bo‘rilar”ning hujum chizig‘i vakillari bugun Mourinyoning yuzini yerga qaratishdi.

Manba: Telegram.me/Futgolium
Kiritildi: 14:51, 06.02.2022.
O'qildi: 2378 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик