Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/04 19:00 Qizilqum 0-0 Xorazm
29/04 19:00 Neftchi 4-0 Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor 2-1 Navbahor
29/04 23:59 Atletiko - Arsenal
01/05 23:45 Piza - Lechche
02/05 00:00 Lids - Byornli
02/05 00:00 Jirona - Malyorka

Klopp: "Ular - haqiqiy jangchilar!"

Klopp: "Ular - haqiqiy jangchilar!"

Baho:
+ | -

«Liverpul» klubi bosh murabbiyi Yurgen Kloppning fikricha, Muhammad Saloh va Sadio Mane Afrika kubogi turniridan so‘ng, klub uchun o‘yinlarda tezda ritmga kirishadi.

“Bu muammo bo‘ladi deb o‘ylamayman. Ikkalasi ham turnirni muvaffaqiyatli o‘tkazishadi. Men ularga yordam beraman. Ular qaytib kelgach, gaplashamiz va ularga biror narsa kerakmi yoki yo‘qligini bilib olamiz. Bular bizning yigitlar: biz ularga har qanday vaziyatda yordam berish uchun hamma narsani qilamiz.

Bu ikki yigit haqiqiy jangchilar. Ular har doim tayyor. Ular bayram yoki dam olish kunlari haqida qayg‘urmaydilar. Ularning bu haqda so‘rashini hech qachon eshitmaganman. Shunday sababli, ular bilan ishlash juda oson.

Bilaman, ular o‘ynashni xohlashadi, lekin shu bilan birga, bu qanchalik mantiqiy ekanini aniqlashimiz kerak. Tasavvur qilishingiz mumkinki, ikkalasi ham «Lester»ga qarshi o‘ynashni xohlaydi, ikkalasi ham «Liverpul»da gol urishni va g‘alaba qozonishni xohlaydi”, dedi nemis mutaxassisi.

Afrika Afrika kubogi finalida Misr terma jamoasi Senegal termasiga qarshi maydonga tushadi.

Kiritildi: 15:25, 06.02.2022.
O'qildi: 1211 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик