Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/01 00:52 Kopengagen - Napoli
21/01 01:00 Vilyarreal - Ayaks
21/01 01:00 Vilyarreal 1-2 Ayaks
21/01 01:00 Tottenhem 2-0 Borussiya D
21/01 01:00 Sporting 2-1 PSJ
21/01 01:00 Real Madrid 6-1 Monako
21/01 01:00 Olimpiakos 2-0 Bayer
21/01 01:00 Inter 1-3 Arsenal
21/01 01:00 Kopengagen 1-1 Napoli
21/01 22:45 Qorabog‘ 3-2 Ayntraxt F
21/01 22:45 Galatasaroy 1-1 Atletiko
22/01 01:00 Bavariya 2-0 Yunion
22/01 01:00 Marsel 0-3 Liverpul
22/01 01:00 Nyukasl 3-0 PSV
22/01 01:00 Slaviya 2-4 Barselona
22/01 01:00 Chelsi 1-0 Pafos
22/01 01:00 Yuventus 2-0 Benfika
22/01 01:00 Atalanta 2-3 Atletik Bilbao

"Buxoro" bosh murabbiyi Hakim Fuzaylov jamoaning yangi mavsumga tayyorgarligi haqida gapirdi

"Buxoro" bosh murabbiyi Hakim Fuzaylov jamoaning yangi mavsumga tayyorgarligi haqida gapirdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

"Buxoro" bosh murabbiyi Hakim Fuzaylov yangi mavsumga jamoa tuzgan rejalari haqida gapirib o‘tdi.

"Qisqacha to‘xtaladigan bo‘lsam, biz o‘z ishimizni davom ettiryapmiz. 3 yanvardan boshlangan, salkam bir oydan oshiq davom etayotgan yig‘inimizning asosiy pallasiga yetib kelyapmiz, hozir ekvator chizig‘idamiz. Toshkentdagi yig‘indan, hozirgi yig‘inni farqi, futbolchilarga ko‘plab yuklamalar beryapmiz, ular og‘irlikni his qilishyapti. To‘g‘risini aytsam, o‘rtoqlik uchrashuvlaridagi natijalar meni unchalik xavotirga solmaydi. Xa, yutqazdik. Umuman olganda, yuklamalardan so‘ng, futbolchilarimning o‘yinni olib borishi meni qoniqtiryapti, yomon emas hozirgi vaqt uchun. Solishtirish uchun aytaman, men o‘tgan yili "Dinamo" bosh murabbiyi bo‘lgan vaqtimda ham, xuddi shu jamoalar bilan mavsum oldi uchrashuvlar o‘tkazgan edik. O‘shanda Muborakda, o‘z darvozamizdan, 3 ta o‘tkazib yuborganmiz, vaholanki o‘sha uchrashuvda hatto, 6 ta to‘p o‘tkazib yuborishimiz ham mumkin edi. Samarqanda ham, "Sho‘rtan"ga 0-2 hisobida mag‘lubiyatga uchraganmiz.
Keyin esa nimalar bo‘lganini siz yaxshi xabardorsiz, "Dinamo" bilan, mavsum tugashiga 4 tur qolganda Superliga yo‘llanmasini naqd qilgan edik. Bu bilan nima demoqchiman? Bizda hammasi joyida, ishlar reja bo‘yicha ketyapti. To‘g‘ri, hatto nazorat uchrashuvlarida ham, mag‘lubiyatga uchrash yoqimsiz holat, ko‘ngilni xira qiladi. Ammo, bundan xulosa chiqarib, yana maqsad sari, jamoani xotirjamlik bilan Superligaga chiqarish uchun tayyorlab boramiz.

Endi, og‘ir yuklamalardan so‘ng futbolchilarga 2 kun dam beramiz, ular 1 oy davomida, 9 ta uchrashuv o‘tkazishdi. 9 fevraldan, yana Toshkent shaxrida yig‘ilamiz. U yerda ham, ko‘plab sinov-nazorat uchrashuvlari o‘tkazish rejamizda bor. 12 fevralda "Qo‘qon 1912", 15 fevralda esa "Surxon" jamoasi bilan, hamda 18 fevralda "Paxtakor" o‘rinbosarlariga qarshi, hozircha kelishuvga erishganmiz. 21 yoki 22 fevralda ham, albatta raqib topishga harakat qilamiz. Shundan so‘ng Buxoroga qaytamiz", - dedi Fuzaylov.

Kiritildi: 16:06, 06.02.2022.
O'qildi: 821 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.