Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/01 00:45 Sassuolo 0-3 Yuventus
07/01 01:00 Vest Xem 1-2 Nottingem Forest
07/01 16:30 Yaponiya 5-0 Suriya
07/01 16:30 Janubiy Koreya 0-0 Eron
07/01 19:00 O‘zbekiston 3-2 Livan
07/01 21:30 Qatar 0-2 BAA
07/01 22:30 Bolonya 0-2 Atalanta
07/01 22:30 Napoli 2-2 Verona
08/01 00:30 Bornmut 3-2 Tottenhem
08/01 00:30 Brentford 3-0 Sanderlend
08/01 00:30 Kristal Pelas 0-0 Aston Villa
08/01 00:30 Everton 1-1 Vulverhempton
08/01 00:30 Fulhem 2-1 Chelsi
08/01 00:30 Manchester Siti 1-1 Brayton
08/01 00:45 Parma 0-2 Inter
08/01 00:45 Torino 1-2 Udineze
08/01 00:45 Lasio 2-2 Fiorentina
08/01 01:15 Byornli - Man. Yunayted
08/01 01:15 Nyukasl - Lids
08/01 16:30 Avstraliya - Tailand
08/01 19:00 Iroq - Xitoy
08/01 22:30 Cremonese - Kalyari
09/01 00:45 Milan - Jenoa
09/01 01:00 Arsenal - Liverpul
09/01 19:00 Qirg‘iziston - Vyetnam
09/01 21:30 Iordaniya - Saudiya Arabistoni

Oliver Sharkich: "O‘zbekistonning eng katta klubida o‘zimning nimalarga qodirligimni ko‘rsatishni istayman"

Oliver Sharkich: "O‘zbekistonning eng katta klubida o‘zimning nimalarga qodirligimni ko‘rsatishni istayman"

Baho:
+ | -

Jamoamiz safiga yangi kelib qo‘shilgan Oliver Sharkich taklif, klub va shahar haqida dastlabki taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Paxtakor"ning taklifini qanday qabul qilding?


- Murabbiy Voyneski klub bilan shartnoma imzolagandan so‘ng menga aloqaga chiqdi va "Paxtakor"ga olib kelmoqchi ekanini aytdi. Buni muhokama qildik va O‘zbekistonning eng katta klubiga kelishga tayyor ekanimni his qildim.

Qarorga kelishda kimlar bilan maslahatlashding?

- Oilam bilan muhokama qildik. Ularning ham fikrini olishim kerak edi. Keyin birgalikda bu o‘zimni Chempionlar Ligasi va Superligada ko‘rsatishim uchun ajoyib imkoniyat degan qarorga keldik.

"Paxtakor"ning taklifidan keyin klub haqida nimalarni o‘rganding? Angliyadan O‘zbekistonga ko‘chib o‘tishga qaror qilish qiyin bo‘lmadimi?

- Klub haqida ko‘p bo‘lmasa ham bilardim. Taklifdan keyin klub haqida ko‘p narsalarni o‘rgandim va top jamoada o‘ynash ajoyib g‘oya ekani bilindi. Men uchun mamlakatlarni almashtirish hayajonli. Angliya, Belgiya, Portugaliya va Ispaniyada yashaganman. Endi O‘zbekistondaman. Bu dunyoning yangi qirralarini kashf qilish va til o‘rganish bo‘yicha ham ajoyib imkoniyat.

Klub va shahar haqida dastlabki taassurotlaring qanday?

- Ilk taassurotlar juda ijobiy va yoqimli. Klubda ishlar juda yaxshi yo‘lga qo‘yilgan, xodimlar va futbolchilar professional. Toshkent Yevropa shaharlaridan farqli. Bu yerda juda do‘stona munosabatni his qilyapman. Shahar juda chiroyli. Taomlar mazali ekanini bilishga ulgurdim.

Shaxsiy va jamoaviy maqsadlaring qanday?

- Shaxsiy maqsadim g‘alaba qozonish, gollar urish va yaxshi o‘yin namoyish etgan holda Chernogoriya milliy terma jamoasidan taklif olish. Hozir "Paxtakor"ning sobiq bosh murabbiyi Miodrag Radulovich Chernogoriya terma jamoasida ishlamoqda. Jamoaviy maqsad esa birinchi navbatda mavsumga tayyor bo‘lish, keyin Superkubokda zafar quchishni istaymiz. Chempionatda g‘olib sifatida qolishni xohlaymiz va Chempionlar Ligasida uzoqroq bosqichgacha yetib borish niyatidamiz.

Muxlislarga qanday tilaklar bildirgan bo‘larding?

- Bizni qo‘llab-quvvatlab turishlari va jamoa jiddiy hozirlik ko‘rayotgan yangi mavsumdan zavq olishlarini tilayman. Biz mavsumni muvaffaqiyatli qilishga urinamiz. Ular bilan stadionda uchrashish va o‘zimning nimalarga qodirligimni ko‘rsatishni sabrsizlik bilan kutmoqdaman. O‘zbekistonda o‘zimni ko‘rsatishga tayyorman.

Manba: "Пахтакор" матбуот хизмати
Kiritildi: 18:41, 06.02.2022.
O'qildi: 1750 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.