Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/01 22:30 Kristal Pelas 1-1 Fulhem
01/01 22:30 Liverpul 0-0 Lids
02/01 01:00 Brentford - Tottenhem
02/01 01:00 Sanderlend - Manchester Siti
03/01 00:45 Kalyari - Milan
03/01 01:00 Rayo Valyekano - Xetafe
03/01 16:30 Komo - Udineze
03/01 17:30 Aston Villa - Nottingem Forest
03/01 18:00 Selta - Valensiya
03/01 19:00 Sassuolo - Parma
03/01 19:00 Jenoa - Piza
03/01 20:00 Brayton - Byornli
03/01 20:00 Vulverhempton - Vest Xem
03/01 20:15 Osasuna - Atletik Bilbao
03/01 22:00 Yuventus - Lechche
03/01 22:30 Elche - Vilyarreal
03/01 22:30 Bornmut - Arsenal

"Arsenal" sobiq futbolchisi: "Arteta futbolchilar bilan tortishishni bas qilishi kerak"

"Arsenal" sobiq futbolchisi: "Arteta futbolchilar bilan tortishishni bas qilishi kerak"

Baho:
+ | -

Londonning "Arsenal" klubi sobiq futbolchisi Martin Kioun "kanonirlar" bosh murabbiyi Mikel Artetani o‘z futbolchilari bilan tortishishni bas qilishga chaqirdi.

Joriy hafta boshida "Arsenal" ichki tartib-intizomga bo‘ysunmagan Pyer-Emerik Obameyang bilan xayrlashdi. Arteta gabonlik futbolchini kechirmadi va sardorlik bog‘ichidan mahrum qilish bilan bir qatorda, jamoaning mashg‘ulotlaridan ham chetlatgandi.

Bu voqea avvalroq Mesut O‘zil va Matteo Genduzilar bilan sodir bo‘lgan voqeani eslatdi. Kiounning fikricha, bunday hatti-harakat bilan Arteta o‘z obro‘siga putur yetkazib olishi mumkin.

"Obameyang bilan xayrlashish haqiqatdan ham "Arsenal"ning manfaatiga mosmi? Meni mana shu narsa qiziqtirmoqda.

Garchi "Arsenal" to‘rtinchi o‘rin uchun kurashayotgan va ushbu o‘rinni qo‘lga kiritish uchun real imkoniyatga ega bo‘lib turgan bo‘lsada, Obameyangni o‘rniga boshqa futbolchi xarid qila olmadi.

Bu O‘zil bilan ro‘y bergan voqeadan sal boshqacharoq. Obameyang bilan shartnoma imzolashni Artetaning o‘zi xohlagan. U gabonlik futbolchining o‘yinlarini baholadi va jamoaga foydasi tegadi deb qaror qildi.

Tuxel qachonlardir Obameyangni tez-tez mashg‘ulotlarga kech qolishi va u bilan boshqacha tarzda gaplashib olgani haqida gapirgandi. Shu sababli, Arteta Obameyang haqida yetarlicha ma’lumotga ega edi. Bundan tashqari, men Arteta futbolchilar bilan tortishib o‘z obyuro‘siga putur yetkazib olishini xohlamayman.

Futbolchilar shu darajada ko‘p urushib qolgan boshqa murabbiyni bilmayman. Ehtimol O‘zil bilan tortishish osondir. Ammo, Genduzi bunday voqealardan keyin ancha o‘sishga erishdi va terma jamoasining asosiy futbolchisidan biriga aylanib oldi.

"Insonlar bilan tortishishda davom etish kerakmas. Siz e’tiroz bildirishingiz mumkin va "Arsenal"ning ba’zi muxlislari chegarani kechib o‘tganingizdan keyin ortga qaytishga yo‘l yo‘qligini aytishlari mumkin. Biroq, Jaka bu chiziqni bir necha marta kesib o‘tdi va hozirgacha jamoada o‘ynashda davom etmoqda", — dedi Kioun talkSPORT bilan suhbatda.

Kiritildi: 19:37, 06.02.2022.
O'qildi: 1176 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.