Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/09 00:00 Real Sosyedad 0-3 Atletiko
14/09 18:45 Neftchi 1-0 Al-Quva al-Javiya
14/09 21:00 Shabab al-Ahli 1-0 Traktor
14/09 21:00 Ash-Shamol 1-1 Al-Ittihod
14/09 21:30 Komo 2-1 Parma
14/09 21:30 Torino 0-2 Roma
14/09 23:15 Al-Ahli (SA) 1-1 Paxtakor
14/09 23:15 Al-Qodisiya 2-1 Al-Vasl
14/09 23:15 Istiqlol 3-0 As-Sadd
14/09 23:45 Inter 5-3 Udineze
15/09 00:00 Vilyarreal 1-2 Betis
15/09 00:00 Lids 4-1 Nyukasl
15/09 15:00 Tejon Hana Citizen - Kyoto Sanga
15/09 15:00 Gamba Osaka - Kongan Hanoi
15/09 15:00 Kashima Antlers - Nyukasl Jets
15/09 15:00 Ratchaburi - Shangxay Port
15/09 17:15 Beyjing Guoan - Poxang Stilers
15/09 17:15 Johor Dorul Ta'zim - Buriram Yunayted
15/09 21:00 Al-Ayn - An-Nasr (SA)
15/09 23:15 Al-Hilol - Al-G‘arafa
16/09 15:00 Chonbuk Motors - Kashiva Reysol
16/09 17:15 Port - Vissel Kobe

Xavi: «Simeone futbolni mendan boshqacha tushunadi»

Xavi: «Simeone futbolni mendan boshqacha tushunadi»

Baho:
+1 | -

«Barselona» ustozi Xavi 23-tur doirasida «Atletiko» (4:2) ustidan qo‘lga kiritilgan g‘alaba haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Alveshni maydondan chetlatilgunicha barchasi o‘z joyida ketayotgandi. Keyin biroz ortga chekinishga majbur bo‘ldik. Lekin, 60-daqiqagacha biz ko‘rishni xohlagan "Barselona"nining o‘yinini namoyish etdik.

Biz to‘liq tarkibda juda yaxshi edik, 3-4-3 va 3-5-2 sxemalari ostida o‘ynadik. Chetlatilishdan keyin biz "yiqilmadik", yaxshi himoyalandik va muammolarga duch kelmadik.

Simeone futbolni mendan boshqacha tushunadi, shu sababli qarashlarimizda tushunmovchiliklar bor. Bu uning sha’niga tanqid emas. U buyuk murabbiy, juda ko‘plab sovrinlarni yutdi, men esa hali murabbiylik sohaida yangiman. Men uni hurmat qilaman.

Biz kamtarligimizda qolishimiz kerak. Bu chempionga qarshi o‘yindagi muhim g‘alaba, biz sabrli bo‘ldik va 60-daqiqagacha kuchli o‘yin namoyish etdik. Qo‘lga kiritgan natijamiz haqida gapirmasak ham bo‘laveradi.

Adama Traore yetuk futbolchi. U raqibni qachon va qayerda kutib olishni, qachon pas berishni, sifatli qarorlar qabul qilishni yaxshi biladi, jismoniy jihatdan esa shunchaki yirtqich! Bu ajoyib xarid bo‘ldi», – dedi Xavi.

Kiritildi: 23:09, 06.02.2022.
O'qildi: 3289 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик