Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor 0-1 Buxoro
05/03 19:15 Mash’al 0-2 Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon 0-3 Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem 1-3 Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK
07/03 00:45 Napoli - Torino
07/03 01:00 Selta - Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad

“Qo‘qon-1912” jamoasining logotipi o‘zgardi

“Qo‘qon-1912” jamoasining logotipi o‘zgardi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

“Qo‘qon-1912” jamoasi muxlislari anchadan buyon jamoa logotipi almashtirish lozimligini orzu qilishadi. Muxlislarimizning fikr-mulohazalarini inobatga olgan holda, o‘tgan mavsumda jamoaning yangi logotipi uchun tanlov e’lon qilgan edik. Bizga muxlislarimizdan, ijodkor yoshlardan, dizaynerlardan ko‘plab logotip variantlari kelib tushgan edi. Jamoa rahbariyati logotip o‘zgartirishni yangi mavsum boshidan e’lon qilishni ma’qul deb topishdi.

Yangi logotipimizda eski logotiplarimizda bo‘lgan maqsad , ma’no u qadar o‘zgarmagan. Logotipimizda asosiy ranglar oq va ko‘k ranglari saqlab qolishga harakat qildik. Yangi logotipda jamoa a’zolari hamda muxlislarimizning vatanga , Qo‘qon shahriga va jamoaga bo‘lgan mehri aks etgan.

Logotipdagi “Kokand” “1912” “football club” yozuvlari, jamoa nomini anglatish bilan birga , 1912 yilda Qo‘qon shahrida o‘zbekistondagi ilk futbol jamoasi tuzilganligini, Qo‘qon shahri o‘zbek futbolining vatani ekanligini ham bildiradi. Logotip markazida esa dunyo hunarmandlarining markazi bo‘lgan Qo‘qon shahrining ramzi bo‘lgan Xudoyorxon o‘rdasi joylashtirilgan.
Bundan buyon “Qo‘qon-1912” jamoasiga tegishli barcha rasmiy hujjatlarda, jamoa liboslarida, tijorat-reklama ishlarida yangi logotipdan foydalaniladi.

Manba: "Қўқон-1912" клуби матбуот хизмати
Kiritildi: 18:53, 07.02.2022.
O'qildi: 1195 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.