Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/05 00:00 Atletik Bilbao 2-2 Osasuna
12/05 15:30 Lasio 2-0 Empoli
12/05 17:00 Kadis 1-0 Xetafe
12/05 18:00 Jenoa 2-1 Sassuolo
12/05 18:00 Verona 1-2 Torino
12/05 19:00 Neftchi 2-2 Andijon
12/05 19:00 So‘g‘diyona 1-2 Navbahor
12/05 19:15 Atletiko 1-0 Selta
12/05 20:30 Man. Yunayted 0-1 Arsenal
12/05 21:00 Yuventus 1-1 Salernitana
12/05 21:30 Valensiya 0-0 Rayo Valyekano
12/05 23:45 Atalanta 2-1 Roma
13/05 00:00 Strasbur 2-1 Mets
13/05 00:00 Klermon 0-1 Lion
13/05 00:00 Nant 1-2 Lill
13/05 00:00 Monpelye 0-2 Monako
13/05 00:00 PSJ 1-3 Tuluza
13/05 00:00 Renn 1-1 Lans
13/05 00:00 Marsel 3-1 Loryan
13/05 00:00 Betis 3-2 Almeriya
13/05 21:30 Lechche - Udineze
13/05 23:45 Fiorentina - Monsa
14/05 00:00 Aston Villa - Liverpul
14/05 00:00 Barselona - Real Sosyedad
14/05 22:30 Osasuna - Malyorka
15/05 00:00 Tottenhem - Manchester Siti

Hududlarda futbolni yanada rivojlantirish masalasi yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

Hududlarda futbolni yanada rivojlantirish masalasi yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Bugun O‘FA rahbariyati va hududiy futbol assosiasiyalar ishtirokida onlayn video anjuman bo‘lib o‘tdi. Kun tartibiga ko‘ra, dastlab futbolimizga tamal toshi qo‘yilgan sana — o‘zbek futbolining 110 yilligiga tayyorgarlik ko‘rish va uni munosib nishonlash borasida fikr almashildi. Mazkur sanaga bag‘ishlab har bir hududda bolalar-o‘smirlar, yoshlar va faxriylar o‘rtasida futbol musobaqalari va tadbirlarini o‘tkazish, ularni ommaviy axborot vositalari orqali doimiy yoritib borish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilandi. Bundan tashqari, hududlarda futbol tarixini o‘rganish, faxriy futbolchilar, ularning erishgan yutuqlari va natijalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘rganib, ularni taqdirlash bo‘yicha taklif kiritish vazifasi qo‘yildi.

Shuningdek, futbolni ommaviyligini oshirish yuzasida hududlarda musobaqalarni ko‘paytirish, ularning saviyasini oshirish, ayniqsa bolalar-o‘smirlar musobaqalarini tizimli tashkil qilish bo‘yicha qilinayotgan ishlar yuzasidan masullar hisoboti muhokama qilindi. Joriy yildan boshlab barcha hududda “Hududiy bolalar ligasi” musobaqasini o‘tkazish bo‘yicha topshiriq berildi.

Xalq ta’limi vazirligi bilan birgalikda “Maktabda futbol” loyihasini amalga oshirish va uning aniq rejasini tuzish, “sinfga sinf”, “maktabga maktab” o‘yinlarini tashkil etish, shuningdek, futbolga qiziqishi yuqori va layoqatli jismoniy tarbiya o‘qituvchilarini murabbiylik ta’limi bo‘yicha “C” lisenziyasiga o‘qitish yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.

Hududlarda namunali tarzda faoliyat olib borayotgan, akademiyalar va viloyat terma jamoalariga futbolchi yetishtirib berayotgan bolalar-o‘smirlar sport maktablari hamda ayollar futboli murabbiylarga imtiyozli tarzda ta’lim berish yuzasidan mas’ullarga topshiriq berildi.

Manba: Telegram.me/FAUzbekistan
Kiritildi: 22:43, 07.02.2022.
O'qildi: 892 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.