"Manchester Siti" himoyachisi Joau Kanselu bolalikdagi kumiri bo‘lgan futbolchining nomini aytdi.
"Mening kumirim o‘z pozisiyamda harakat qiladigan Dani Alves. U – har jihatdan tarixdagi eng zo‘ri. Men uning o‘yinining ashaddiy muxlisiman", - dedi Kanselu.
Joriy mavsum Portugaliya terma jamoasi a’zosi o‘z jamoasida 31 o‘yinda maydonga tushib, 3 gol va 8 golli uzatmani hisobiga yozdirib qo‘ydi.
27 yoshli portugaliyalik avvalroq “Yuventus”, “Inter”, “Valensiya” va “Benfika” klublarida to‘p surgan.