"Chelsi" himoyachisi Andreas Kristensen faoliyatini Ispaniyada davom ettirishi mumkin.
"Mundo Deportivo" nashrining ma’lumotiga ko‘ra, "Barselona" va Kristensen agenti o‘rtasida navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Futbolchi kataloniyaliklar safida o‘ynashga qiziqmoqda. U tez orada yakuniy qarorni qabul qiladi.
Eslatib o‘tamiz, Daniya terma jamoasi a’zosi va "Chelsi" o‘rtasidagi amaldagi shartnoma joriy mavsum yakunida nixoyasiga yetadi.