Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/05 19:00 Metallurg 1-1 Navbahor
24/05 19:30 Olimpik 0-0 Andijon
24/05 23:45 Jenoa 2-0 Bolonya
25/05 00:00 Jirona 7-0 Granada
25/05 17:00 Osasuna - Vilyarreal
25/05 19:15 Real Sosyedad - Atletiko
25/05 21:00 Yuventus - Monsa
25/05 21:30 Almeriya - Kadis
25/05 21:30 Rayo Valyekano - Atletik Bilbao
25/05 23:45 Milan - Salernitana
26/05 00:00 Real Madrid - Betis
26/05 17:00 Xetafe - Malyorka
26/05 19:15 Selta - Valensiya
26/05 19:15 Las-Palmas - Alaves
26/05 21:00 Atalanta - Torino
26/05 21:00 Napoli - Lechche
26/05 23:45 Verona - Inter
26/05 23:45 Empoli - Roma
26/05 23:45 Frozinone - Udineze
26/05 23:45 Lasio - Sassuolo
27/05 00:00 Sevilya - Barselona

Niklas Zyule yolg‘iz emas. “Bavariya”dan “Borussiya Dortmund”ga o‘tgan futbolchilar

Niklas Zyule yolg‘iz emas. “Bavariya”dan “Borussiya Dortmund”ga o‘tgan futbolchilar

Baho:
+ | -

7-fevral, dushanba kuni Dortmundning “Borussiya” klubi “Bavariya”  himoyachisi Niklas Zyule bilan shartnoma imzolaganini e’lon qildi.

Nemis futbolchisi yozda tekinga “asalarilar” lageriga ko‘chib o‘tadi.

Rostini aytsak, “Bavariya” har tomonlama “Borussiya”dan mashhurroq, Myunxen jamoasida Dortmund klubidan ko‘ra kubokni yutish imkoniyati ancha yuqori. Biroq, Zyuleni bu tashvishlantirmadi. U “asalarilar” bilan shartnoma imzoladi va 1 iyuldan rasman “sariq-qoralar” futbolchisiga aylanadi.

Bu “Bavariya” futbolchisining “Borussiya”ga o‘tgan birinchi o‘yinchisi emas. Qolaversa, ko‘plab muxlis va mutaxassislar Myunxendan Dortmundga futbolchi kelishini emas, balki “Borussiya” o‘yinchilarining “Bavariya”ga o‘tishiga ko‘proq guvoh bo‘lgan.  

Ammo, bu Zyulening holatidagidek voqea oldin bo‘lmagan degani emas. Shu sabab, “Bavariya”ni “Borussiya”ga almashtirgan futbolchilar haqida biroz fikr yuritishga qaror qildik

 

Mixael Rummenigge (1988 yilda amalga oshirilgan transfer)

Ha, ha, bular shunchaki familiyadosh emas, Mixael Rummenigge haqiqatan ham “Bavariya” va Germaniya terma jamoasining afsonaviy hujumchisi, 1980 yilda Yevropa chempioni bo‘lgan va ikki marta “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritgan Karl-Xayns Rummeniggening ukasi hisoblanadi.

Mixaelning karyerasi akasiniki kabi emas, lekin u nemis futboli tarixida o‘z nomini qoldirishni uddalagan. Shunday qilib, 1988 yilda Rummenigge “Bavariya”dan “Borussiya D”ga ko‘chib o‘tgan bo‘lib, ushbu klublar orasidagi ilk transferga aylangan.

U shu mavsumdayoq “asalarilar” yetakchisiga aylandi va birinchi mavsumida Mixael “Borussiya”ga Germaniya kubogini yutishda yordam berdi. E’tiborli tomoni, bu Dortmund klubining 1960 yildan keyin qo‘lga kiritgan ilk sovrinidir.

 

Yurgen Vegmann (1989)

Rummenigge transferidan bir yil o‘tib “Bavariya”ning yana bir futbolchisi Yurgen Vegmann “Borussiya” safiga kelib qo‘shildi. Uning transferi qandaydir tarzda myunxenliklar o‘yiniga salbiy ta’sir qildi deb bo‘lmaydi. “Bavariya” klubida Yurgen rotasiya o‘yinchisi bo‘lgan va boshqa jamoaga o‘tishi Bundesliga muxlislari orasida shov-shuvlarga sabab bo‘lmagan.

Vegmann 1993 yilgacha “Borussiya” tarkibida o‘ynadi. U jamoaga Germaniya Superkubogida g‘alaba qozonish va UYEFA kubogi finaliga chiqishga yordam bergan.

 

Kristian Nerlinger  (1998)

Nerlinger “Bavariya” akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi va “qizillar”ning asosiy jamoasida 20 yoshida debyut qilgan. Umuman olganda, Kristian “Bavariya” safida 156 ta o‘yin o‘tkazib, 27 ta gol urgan.

1998 yilda “Borussiya” Nerlingerga voz kechib bo‘lmas darajadagi shartnoma taklif qildi va futbolchi o‘ylab o‘tirmasdan “asalarilar” taklifini qabul qildi. Xo‘sh? O‘shanda Kris “Bavariya”ning asosiy o‘yinchisi edimi?  Yo‘q.

E’tiborlisi, Nerlinger asli dortmundlik futbolchi hisoblanadi. Shu boisdan ham uning “Borussiya”ga  o‘tishi ko‘pchilik muxlislar tomonidan uyga qaytish sifatida qabul qilindi.

 

Mats Hummels (2009, 2019)

Hummels - “Bavariya”dan “Borussiya”ga ikki marta o‘tgan ro‘yxatdagi yagona futbolchi.

Mats birinchi marta 2009 yilda “Borussiya”ning to‘laqonli futbolchisiga aylandi. Chunki, “asalarilar” bir yil avval Xummelsni ijaraga olgan edi va bu ijara shunchalik muvaffaqiyatli bo‘ldiki, Yurgen Klopp shaxsan “Borussiya” rahbariyatidan futbolchi bilan to‘laqonli shartnoma imzolashni talab qildi. “Bavariya” o‘z futbolchisini qo‘yib yuborishga tayyor edi. Sababi, ular Matsning salohiyatiga unchalik ham ishonishmadi, qolaversa futbolchining o‘zi ham Dortmundda qolishni xohladi. Natijada “Bavariya” yosh himoyachi ortidan 4,5 million yevro ishlab oldi.

Hummels ikkinchi marta 2019 yilda “Bavariya”ni “Borussiya”ga almashtirgan. Bundan uch yil avval myunxenliklar himoyachi uchun 35 million yevro to‘lagan va uni qayta sotib olgan edi. Ammo, 2018/19 yilgi mavsumda Xummelsning o‘yinida pasayish boshlandi. Bundan tashqari, tez-tez jarohatlar bilan bog‘liq muammoga ham duch keldi.

“Borussiya” esa o‘z navbatida o‘sha paytda himoya markazini mustahkamlay oladigan futbolchi qidirayotgan edi. “Asalarilar” boshliqlari eski do‘stini ortga qaytarishga harakat boshladi va  bu uchun 30 million yevro to‘lab berdi.

 

Sebastyan Rode (2016)

Rode 2014-yilda “Bavariya”ga “Ayntraxt”dan o‘tgan va “qizillar” safida ikki mavsum o‘ynagan edi. Uni o‘sha paytda Myunxen klubining asosiy o‘yinchisi deb bo‘lmasdi. Lekin shu bilan birga Sebastyanni zaxira o‘yinchisi deb atash ham to‘g‘ri emas.

2016 yilning yozida yarimhimoyachi “Borussiya”ga o‘tdi. Rode Dortmundga ko‘chib o‘tish, uning karyerasini yanada rivojlantirishga yordam berishiga ishondi. Sababi, “Bavariya” kabi katta klublarda “yo‘qolib” qolgan va “Borussiya”ga o‘tganidan keyin “o‘zini topishga” erishgan futbolchilar yetarlicha topiladi.  

Ammo, bu safar nimadir noto‘g‘ri bo‘lgan ko‘rinadi, transfer muvaffaqiyatsiz yakunlandi. Uch mavsumda Rode “asalarilar” safida bor-yo‘g‘i 14 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta gol urishga erishdi.

Mario Gyotse (2016)

Germaniyaning “Oltin bolasi” jahon chempionatida g‘alaba qozonishdan bir yil oldin “Bavariya” futbolchisiga aylangandi. Ammo Myunxen klubida Gyotse Dortmunddagi kabi o‘yin ko‘rsata olmadi. Shundan keyin, Pep Gvardiola yosh yarimhimoyachiga unchalik ishonch bildirmay qo‘ydi.

Natijada Mario “Borussiya”ga qaytdi. Qolaversa, “sariq-qoralar” bunday “teskari” transferda yaxshigina pul ishlab olishganini ham ta’kidlash joiz. 2013 yilda myunxenliklar buning uchun 37 million yevro to‘lagan, 2016 yilda esa 22 ga sotishgan. Shunchaki...

 

 Jamshidjon Mahmudov tayyorladi.

Manba: isport.ua
Kiritildi: 19:31, 08.02.2022.
O'qildi: 3069 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.