Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 19:00 Qizilqum 2-4 Olimpik
18/05 19:00 Andijon 1-1 Metallurg
18/05 21:00 Lechche 0-2 Atalanta
18/05 23:45 Torino - Milan
19/05 00:00 Alaves - Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo - Kalyari
19/05 18:00 Monsa - Frozinone
19/05 18:00 Udineze - Empoli
19/05 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted - Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal - Everton
19/05 20:00 Brentford - Nyukasl
19/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli - Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi - Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas - Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul - Vulverhempton
19/05 20:00 Luton - Fulhem
19/05 21:00 Inter - Lasio
19/05 22:00 Valensiya - Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal - Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao - Sevilya
19/05 22:00 Atletiko - Osasuna
19/05 22:00 Barselona - Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis - Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis - Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka - Almeriya
19/05 22:00 Granada - Selta
19/05 23:45 Roma - Jenoa
20/05 00:00 Loryan - Klermon
20/05 00:00 Monako - Nant
20/05 00:00 Lill - Nissa
20/05 00:00 Lion - Strasbur
20/05 00:00 Reyms - Renn
20/05 00:00 Lans - Monpelye
20/05 00:00 Tuluza - Brest
20/05 00:00 Gavr - Marsel
20/05 00:00 Mets - PSJ
20/05 21:30 Salernitana - Verona
20/05 23:45 Bolonya - Yuventus

"90min". APLda yanvar oyi uchun muxlislarning eng sevimli futbolchisi bo‘lishga nomzodlar

"90min". APLda yanvar oyi uchun muxlislarning eng sevimli futbolchisi bo‘lishga nomzodlar

Baho:
+ | -

Xabaringiz bo‘lsa, "90min" nashri "Professional futbolchilar assosiyasiyasi" (PFA) tomonidan tashkil etiladigan "Muxlislar e’tirofi: oyning eng yaxshi futbolchisi" sovrini uchun ovoz berish ishlarida axborot hamkori sanaladi. Siz muxlislar har oyda Angliyaning eng oldi beshta chempionatidan eng yaxshi futbolchi nomini aniqlashda faol qatnashishingiz mumkin. Bilasiz, Angliyada har bir oy o‘ziga xos va bir-biriga o‘xshamagan alfozda kechadi. Mavsumda davomida esa siz nafaqat APL, balki qolgan pastki divizondagi futbolchilar orasidan ham o‘ziningiz uchun qahramonlarni - yangi yulduz o‘yinchilarni kashf etasiz. Bugub biz sizlar uchun muxlislar tomonidan yanvar oyidagi o‘yinlari uchun eng yuqori baholangan futbolchilar ro‘yxatini taqdim qilmoqchimiz. Quyida ular bilan batafsil tanishishingiz mumkin.

Jarrod Bouen – "Vest Xem"

O‘yinlar: 4 ta.
Gollar: 3 ta.
Golli uzatmalar: 0 ta.

Bouenning ajoyib sport formasidagi harakatlari yangi, 2022 yilda ham davom etmoqda. U bu orqali mavsumni kuchli o‘tkazayotgan "bolg‘achilar"larga iloji boricha yordam berdi. Ingliz hujumchisi raqib darvozasi oldida eng xavfli obyektlardan biriga aylanib ulgurgan. 25 yoshli futbolchi yanvar oyida "Norvich"ga qarshi ikkita gol bilan dubl qayd etgandi. Shuningdek, u "Lids"ni mag‘lubiyatga uchratishda ham faol ishtirok etdi va gol muallifiga aylandi. Hujumchi shunday davom etadigan bo‘lsa, shubhasizki, u tez orada Garet Sautgeytning jamoasiga chaqiruv oladi.

Trent Aleksander-Arnold – "Liverpul"

Uchrashuvlar: 3 ta.
Gollar: 0 ta.
Golli uzatmalar: 2 ta.

Garchand Trent o‘ynayotgan pozisiyada doimiy o‘zini ko‘rsatish shart bo‘lmasada, himoyachi yanvar oyida davomida o‘z jamoasi uchun maksimum foydali bo‘la oldi. Albatta, u Yurgen Kloppning muhim figuralaridan biri sanaladi. Angliya terma jamoasi a’zosi oy yakuniga qadar ikkita assistni rasmiylashtirdi. Bu bilan esa mavsumdagi uzatmalari soni 15 taga yetdi. Aleksander-Arnold "Chelsi" hamda "Brentford"ga qarshi bahsda raqiblar uchun haqiqiy muammoga aylana olgan edi.

Joau Moutinyu – "Vulverxempton"

Uchrashuvlar: 3 ta.
Gollar: 2 ta.
Golli uzatmalar: 1 ta.

Moutinyu Yangi Yilning birinchi oyini muvaffaqiyatli o‘tkazdi. Aytish mumkinki, bu davr Portugaliya terma jamoasi a’zosining "Vulvz" libosidagi eng omadli davrlaridan biri bo‘ldi. 35 yoshli faxriy futbolchi uchta uchrashuvda qatnashib, har uchchalasida ham jamoasiga katta foyda keltirdi. Xususan, u "Sautgempton"ga qarshi bahsda o‘ta ishonchli o‘yin ko‘rsatdi. "MYU"ga qarshi ham jamoasini boshqardi. Eng muhimi esa, har ikkala o‘yinda hal qiluvchi va g‘alaba gollariga mualliflik qildi. Shuningdek, Moutinyu "Brentford" bilan o‘yinda super passni amalga oshirib, o‘z yurtdoshi Ruben Neveshni gol urishi uchun qulay imkoniyat yaratdi. Neveshning goli "bo‘rilar"ga g‘alabani taqdim etgandi.

Jek Xarrison – "Lids Yunayted"

Uchrashuvlar: 3 ta.
Gollar: 4 ta.
Golli uzatmalar: 0 ta.

Umumiy olib qaraganda, bu mavsumda Jek Xarrison 4 ta gol urishga erishgan, xolos. Lekin ushbu gollarning barchasi o‘tgan oyda kiritildi. Ingliz vingeri "Byornli"ga qarshi kechgan bahsda bitta gol bilan o‘yinni yakunlagan edi. Keyingi, "Vest Xem" bilan o‘yin, Xarrison uchun fantastik kechdi. Chunki aynan uning xet-trigi sabab, jamoasi Londondan uch ochko bilan qayta oldi. Albatta, bunday super natija bilan Jek dunyo bo‘ylab ko‘plab APL muxlislarining mehrini qozongan.

Kevin De Bryuyne – "Manchester Siti"

Uchrashuvlar: 3 ta.
Gollar: 1 ta.
Golli uzatmalar: 1 ta.

De Bryuyne so‘nggi bir necha oy davomida o‘zining kuchli sport formasiga qayta oldi. Belgiya terma jamoasi a’zosi o‘z klubining yana bir oyni mag‘lubiyatsiz yakunlashida katta mehnatni amalga oshirdi. Uning natijasi emas, balki jamoasiga tekkan foydasi yirikroq edi. Yanvar oyida yarim himoyachi sobiq klubi "Chelsi" darvozasiga super zarba berib, g‘alabaga sababchi bo‘ldi. Qolaversa, uning jarima zarbasida oshirgan golli uzatmasi sabab, "Sautgempton"ga qarshi o‘yin qutqarib qolingan edi (1-1).

Jeyms Uord-Provs – "Sautgempton"

Uchrashuvlar: 3 ta.
Gollar: 1 ta.
Golli uzatmalar: 1 ta.

Umumiy yanvar oyi Jeyms bilan bog‘liq vaziyat orqali eslanadigan bo‘ldi. Jamoa sardorining "Vulverxempton"ga qarshi amalga oshirgan jarima zarbasi o‘ta mohirona va mukammal ijro etilgandi. 30 yard uzoqlikdan tepilgan to‘p, darvozaning yuqori burchagiga borib joylashadi. Ushbu gol, "Brentford"ga qarshi o‘yindagi assist hamda "Manchester Siti" bilan bahsdagi ishonchli harakat sabab Uord-Provs eng yaxshilar qatoridan joy oldi.

Ayni damda ovoz berish jarayonlari "90min" nashrining veb-sahifasida davom ettirilmoqda. Siz quyidagi maxsus havola (link) orqali joriy maqolaning asl nusxasini (ingliz tilida) o‘qish hamda istalgan nomzodlardan biriga ovoz berish imkoniga ega bo‘lasiz!

 


Jaloliddin ISMATOV tarjimasi

Manba: 90min.com
Kiritildi: 18:00, 09.02.2022.
O'qildi: 1677 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.