"Barselona" "Milan" yarim himoyachisi Frank Kessye bilan yopiq muzokaralarni boshladi. Bu haqda ispan OAVlari xabar bermoqda.
"Barsa" Kessyening moliyaviy talablarini qondirishga tayyor emas. Frankga mavsumiga 5 million yevro maosh bilan shartnoma taklif qilishdi, biroq u kamida 2 million ko‘proq pul talab qiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kessye "Milan" bilan shartnomasini uzaytirishdan bosh tortgan edi. 2022 yilning yozida Frank erkin agentga aylanadi.