Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/04 00:00 Alaves 2-2 Osasuna
06/04 15:30 Udineze 0-0 Komo
06/04 18:00 Lechche 0-3 Atalanta
06/04 21:00 Yuventus 2-0 Jenoa
06/04 23:45 Napoli 1-0 Milan
07/04 00:00 Jirona 1-0 Vilyarreal
07/04 17:00 Lokomotiv 1-1 Xorazm
07/04 18:00 Mash’al 0-0 Bunyodkor
07/04 19:15 Andijon - Navbahor
07/04 23:59 Real Madrid - Bavariya
07/04 23:59 Sporting - Arsenal
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 - Nasaf
08/04 19:00 OKMK - Surxon
08/04 20:15 Dinamo - So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona - Atletiko
08/04 23:59 PSJ - Liverpul

Diyor Imomxo‘jayev: "Turkiyada mashg‘ulotlar o‘tkazish yaxshi..."

Diyor Imomxo‘jayev: "Turkiyada mashg‘ulotlar o‘tkazish yaxshi..."

Baho:
+ | -
Bo'lim:
Rukn: Yangiliklar

O‘zPFL bosh direktori Diyor Imomxo‘jayev o‘z "Telegram" kanalida klublarimizning Turkiyadagi yig‘inlari va futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish haqida fikr bildirdi.

"Turkiyada mashg‘ulotlar o‘tkazish jamoa uchun yaxshi. Klub esa birinchi navbatda o‘z futbolchilarini O‘zPFL ro‘yxatidan o‘tkazish haqida o‘ylashi to‘g‘riroq. Chunki transfer oynasi yakuniga bor-yo‘g‘i 16 kun vaqt qoldi.

Hozircha chempionat uchun faqatgina "Dinamo" va "Metallurg" o‘z futbolchilarini ro‘yxatdan o‘tkazdi. "Bunyodkor", AGMK, "Neftchi", "Navbahor" esa shartnomalarnigina taqdim etgan xolos. Bu klublar futbolchilar xorijdan qaytishi bilan ularni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishi kerak bo‘ladi. Oldindagi 15 kun vaqt tig‘izligidan kelib chiqib, navbat masalasi katta sahnaga chiqadi.

Superliga klublari orasidan eng og‘ir holat "Surxon"da, bizda xavotir mavjud. Yangi homiylar katta ishni boshlashga tayyor, ammo amaldagilar bilan kelishish cho‘zilyapti. Ularda asosiy masala jamoa kelajagi emas, vaziyatdan chiqib ketishga bo‘lgan intilish bo‘lib ko‘rinyapti", - deya yozdi Imomxo‘jayev.

Manba: Telegram.me/diyorimomkhodjaev
Kiritildi: 20:08, 10.02.2022.
O'qildi: 1420 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик