"Yuventus" vise-prezidenti Pavel Nedved yanvar oyidagi transfer oynasidagi paytidagi xaridlar va jamoaning oldiga qo‘ygan ambisiyalari haqida gapirdi.
"Yuventus"ning ambisiyalari o‘zgarmadi. Klub A seriya va mamlakat kubogida g‘alaba qozonishni istaydi. Albatta, chempionatdagi o‘rnimizni yaxshilashimiz kerak. Maqsadlarimizga qishda amalga oshirgan transferlar bilan yaxshi natijalarga erishish. Yangi o‘yinchilar kelishi bilan jamoa yaxshi tomonga o‘zgardi”, - deya funksionerining so‘zlarini keltiradi Football-Italia.
Yanvar oyida A seriyaning eng yaxshi to‘purari Dushan Vlaxovich "Yuventus" safiga qo‘shildi. Shuningdek, “keksa sinyora” yarim himoyachi Denis Zakariya bilan ham shartnoma imzoladi.