Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

Mashhurlikdan kechib, pul ortidan quvlaganlar

Mashhurlikdan kechib, pul ortidan quvlaganlar

Baho:
+ | -

 

Futbolchilar odatda 3 toifaga bo‘linadi. Birinchisi, siz-u biz yoqtiradigan futbolni sevuvchi va hammasidan ko‘ra o‘z natijalarini yaxshilashni istaydiganlar. Ikkinchisi yuqoridagining mutlaqo teskarisi. Ular futbolni biznes sifatida ko‘rishadi va ularga barchasidan ko‘proq pul yaxshi. Uchinchisi esa ikki toifaning qo‘shilgani, ya’ni ularga katta klublar va katta maosh kerak. Quyida esa ikkinchi toifa futbolchilar haqida so‘z yuritamiz. Ular katta chempionatlar va mashhur klublardan ko‘ra, ko‘rimsiz ligalardagi katta pulni tanlagan.

 5. Sebastyan Jovinko

Ko‘pchilik futbol ishqibozlari Jovinkoning iqtidori haqida bilishmasa kerak. Chunki u qanchalik tez porlagan bo‘lsa shuncha tez so‘ngan. Sabab esa uning noto‘g‘ri qarorida. Italiyalik futbolchi “Yuventus” futbol maktabi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Uning muvaffaqiyati ham bevosita A Seriya bilan bog‘liq. Jovinko 2010 yil “Yuventus”ning keraksiz futbolchilari ro‘yxatiga tushib qoldi. “Parma” shunday qiyin vaziyatda Sebastyan uchun “eshiklarini ochdi”. Uning 2 yil mobaynida “gersoglik” klubidagi o‘yinlari “keksa sinyora” rahbariyatiga ma’qul keldi va uni ortga qaytarishdi. 

 “Yuve”ga qaytgach, Jovinko o‘zini xar tomonlama ko‘rsata oldi va birinchi mavsumda 42 o‘yinda 11ta gol kiritdi. Keyingi mavsum jaroxat tufayli Jovinko ancha o‘yin o‘tkazib yubordi. Yana o‘z o‘yinini tiklayotgan italyan uchun ko‘plab yirik klublar qiziqish bildirdi. Negaki, undagi kichik jussa futbolchiga tezlik va texnika taqdim etgan va undan “Barselona”dagi Messiga o‘xshash rolda foydalansa bo‘lishi mumkin edi. Ammo Jovinko Kanada chempionati vakili bo‘lgan “Toronto”ni tanladi va qaysidir ma’noda faoliyatini yakunladi negaki okean ortida Jovinko e’tibordan chetda qoldi va 2019 yil Saudiya Arabistonining “Al Hilol” jamoasida ko‘rinish berdi. Umuman olganda Jovinko 3 qitada yaxshi o‘yindar o‘tkazdi. Xa aytgancha u yaqinda Italiya A Seriyasi vakili hisoblanmish “Sampdoriya” bilan shartnoma imzoladi. Balki, uning ikkinchi yoshligini ko‘rarmiz.

4. Jivanildu Viyeyra

 Braziliyalik futbolchilar odatda o‘z laqabini ism qilib olishadi. Mashxur misol – Kaka. Kaka albatta ism emas shunchaki laqab. Yana bir futbolchi borki, uning laqabi hammaning yodida qoladi. Bu o‘sha mashxur Halk. Laqabning yashil maxluqqa qay darajada aloqasi bor ekanligi bizga qorong‘u. Ammo ular qaysidir ma’noda o‘xshash. Bizning Halk esa Rossiyaning “Zenit” klubida ko‘zga ko‘ringan. Unda ajoyib paradoks bor. Ya’ni bunday ortiqcha vazn bilan u qanaqasiga tez yuguradi. Ko‘pchilikni shu sabab hayratga solsa ajab emas.

 Halk Rossiya klubida o‘zini ko‘rsatdi va kutimaganda kuchli jamoaga o‘tish o‘rniga Xitoy chempionati vakili hisoblangan “Shangxay SIPG”ga yo‘l oldi. Xozirda futbol olamidagi maxluq o‘z yurti Braziliyada to‘p surmoqda. Balki yoshi bir joyga borib qolganini tan olgandir?

 3. Yannik Karrasko

Proffesional faoliyatini “Monako”da boshlagan Belgiyalikning “oltin davri” “Atletiko”dagi 2015-2018 yilgi mavsumlarga to‘g‘ri keladi. Unda aql bovarqilmas texnika va maydonni ko‘ra olish qobiliyati bor. 2016 yilgi Chempionlar Ligasi finalida uning “Real” himoyasini bir o‘zi aldab o‘tib ketavergani yorqin misol bo‘la oladi.

 Karraskoga o‘sha yillarda barcha grand jamoalar qiziqish bildirgan. “Bavariya” esa belgiyalikni qo‘lga kiritishni asosiy maqsadi qilib olgan edi. Vaholangki, Yannik shunday jamoalar turganda Xitoyning “Dalyan Ifan” jamoasini tanladi. Shu bilan uning faoliyati yakunlanib ketishi kutilgan edi. Ammo 2020 yildan u yana “Atletiko” safida paydo bo‘ldi va rost ma’noda o‘zini tiklab oldi. Osiyo uning faoliyatiga ta’sir o‘tkaza olmagani odamni quvontiradi.

2. Xames Rodriges 

 

 2014 yil Kolumbiyalik futbolchi uchun superomadli keldi. Chunki o‘sha yilgi mundialda u 6ta gol kiritib to‘purar bo‘ldi. “Monako”dan “Real”ga o‘sha yili ko‘chib o‘tdi. Madrid klubidagi ilk mavsum Rodriges uchun omadli keldi. U 46 o‘yinda 17ta gol kiritishga muvaffaq bo‘ldi. Keyinchalik asta-sekin Xames jamoadagi o‘rnini yo‘qotib boshladi.  2017 yilga kelib kolumbiyalik “Bavariya” tarkibida ijara asosida to‘p tepdi. 2 mavsumda 65 o‘yin o‘tkazib 15 golga mualliflik qildi. 

 Ijaradan qaytgach yana bir mavsum u uchun omadsiz o‘tdi va Xames baxtini izlab APLga yo‘l oldi. “Everton” tarkibidagi mazmunli o‘yin va uning sevimli ustozi Karlo Anchelottining “Real”ga qaytishi  Xamesga ham yana “qaymoqranglilar” safida paydo bo‘lish imkonini berdi. Undan tashqari Xamesga yana bir-nechta yaxshi jamoalar qiziqish bildirayotgan edi. Afsuski Xames Yevropadan ko‘ra Qatar chempionatini tanladi. Hozirda kolumbilik futbolchi “Ar-Riyod” safida 4 o‘yin o‘tkazib 1 gol urishga erishgan.

1. Oskar   

 Uni ko‘plab mutaxassislar Braziliya futboli kelajagi deb hisoblar edi.  “San-Paulu” va “Internasyonal” tarkibidagi mazmunli harakatlar Oskarga Yevropaga chipta olib keldi. U 2010 yil 19 yoshida “Chelsi” futbolchisiga aylandi. Ingliz klubida 4 yil davomida Oskar 203 o‘yiinda maydonga tushib 38 bor raqib darvozasiga to‘p kiritdi. U jamoa hujumlarini boshlab berar edi va  bu ko‘rsatkich Oskar uchun juda ajoyib edi. “Aristokratlar” safidagi ajoyib mavsumlardan so‘ng Oskarni La Liganing ikki grandi yoki Bundesliga yetakchisi safida ko‘rishimiz mumkin edi. Ammo Oskar buni istamadi. Uning keyingi manzili Xalkniki bilan bir xil “Shangxay SIPG” bo‘ldi.

 Xitoyda ham Oskar yoo‘qolib qolmadi. U jamoasining eng muhim futbolchisi hisoblanadi va uning mahorati so‘nib qoldi deyish qaysidir ma’noda mubolag‘a bo‘lib qoladi. Balki u ham Karrasko singari aqlli yo‘lni tanlab qolar? Xar holda u Yevropaga qaytsa o‘ynab keta olishiga men ishonaman.

Mirjalol Pardaboyev tayyorladi.

 

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 20:12, 11.02.2022.
O'qildi: 8194 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.