Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta 2-3 Levante
12/05 23:00 Betis 2-1 Elche
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves - Barselona
14/05 00:30 Xetafe - Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad

"Qo‘qon-1912" Toshkentdagi mashg‘ulotlarni davom ettirmoqda. Ertaga nazorat o‘yini bor

"Qo‘qon-1912" Toshkentdagi mashg‘ulotlarni davom ettirmoqda. Ertaga nazorat o‘yini bor

Baho:
+ | -

"Qo‘qon-1912" jamoasining Toshkent shahrida olib borayotgan o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlari davom etmoqda.

Baxtiyor Ashurmatov shogirdlari kuniga ikki mahaldan mashg‘ulotlarda ishtirok etishyapti. Jamoaning bugungi mashg‘ulotlari Toshkent viloyatidagi "Do‘stlik" stadionida bo‘lib o‘tdi. Mashg‘ulotlarda "Xokim kubogi-2022" turnirida olgan jarohatlari sababli Oybek Rustamov hamda Shaxzodbek Nurmatovlar ishtirok etmayapti. Qolgan barcha jamoa a’zolari yangi mavsumga tayyorgarlikni ko‘tarinki ruhda olib borishmoqda.

Murabbiylar shtabi futbolchilarni yangi mavsumga har tomonlama puxta tayyorlash uchun bor mahoratlarini ishga solishmoqda. Ertaga "shunqorlar" avvaldan rejalashtirilgan nazorat o‘yinida maydonga tushadi. Jamoaning ertangi o‘yindagi raqibi Buxoroning "Buxoro" jamoasi bo‘ladi.

"Qo‘qon-1912" - "Buxoro" jamoalari o‘rtasidagi nazorat o‘yini ertaga, 12 fevral kuni, soat 14:00da, "Do‘stlik" stadionida boshlanadi.

Manba: "Қўқон-1912" клуби матбуот хизмати
Kiritildi: 21:12, 11.02.2022.
O'qildi: 1140 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик