Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor - So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf - Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo - OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid

Messiga tegishli kompaniya mojaro keltirib chiqardi

Messiga tegishli kompaniya mojaro keltirib chiqardi

Baho:
+ | -

"PSJ" hujumchisi Lionel Messi Ispaniyaning Kadis viloyatida mehmonxona sotib olgani tufayli keng ommaning e’tiborini o‘ziga qaratdi.

Argentinalik futbolchiga tegishli "MIM Hotels" kompaniyasi San-Roke shahridagi mehmonxonani xarid qilgach, kompaniya boshlig‘i mehmonxonaning barcha xodimlarini ishdan bo‘shatdi. Natijada bu voqea shov-shuv keltirib chiqardi.

San-Roke shahri meri Xuan Karlos Ruis bayonot berib, ushbu xatti-harakat shahar uchun zarba ekanini aytdi. Shu bois, u Messiga tegishli kompaniya bilan muzokara olib bormoqchi.

"Mehmonxonaning doimiy mijozlari, 20 yildan ortiq vaqtdan beri har yozda o‘z vaqtini shu yerda o‘tkazadigan oilalar bor. O‘z ishining professionali bo‘lganlar iste’foga chiqarilishiga yo‘l qo‘ya olmaymiz.

Odamlar shunchaki o‘z ish joylaridan ayrilishlari kerak emas. Ixtiyorimda 25-30 yillik tajribaga ega bo‘lgan xodimlar bor edi. Ammo ular bugun eshitgan ilk yangilik — ishdan bo‘shatilishgani bo‘ldi", - dedi Xuan Karlos Ruis.

Manba: isport.ua
Kiritildi: 23:00, 11.02.2022.
O'qildi: 3580 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик