Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Abdug‘ani Kamolov: «Biz raqiblarga qarab emas, o‘z o‘yinimizni o‘ynaymiz. «Turon»da ahil jamoa shaklanmoqda»

Abdug‘ani Kamolov: «Biz raqiblarga qarab emas, o‘z o‘yinimizni o‘ynaymiz. «Turon»da ahil jamoa shaklanmoqda»

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, ayni kunlarda «Turon»ning asosiy tarkib jamoasi Toshkent shahrida o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarini olib bormoqda. Bugungi mashg‘ulotlar yakunida klub matbuot xizmati yaqindagi jamoa safiga kelib qo‘shilgan iqtidorli himoyachi Abdug‘ani Kamolovning fikrlari bilan qiziqdi.

— Abdug‘ani, dastlab jamoa muxlislariga «Turon»ga kelib qo‘shilishingiz haqida ma’lumot bersak. Aytingchi, bu jarayon qanday yuz berdi?

— Avvalambor, assalomu alaykum. Menga «Turon» klubi bosh direktori Sobir Xamidov va jamoa bosh murabbiyi Anvar Berdiyevlar taklif bilan chiqishdi. Ular bilan o‘zaro suhbatlashdik, jamoa oldidagi rejalar xususida batafsil gaplashdik. «Turon» o‘z oldiga uzoq muddatga mo‘ljallangan istiqbolli maqsadlarni qo‘yganligi menda qiziqish uyg‘otdi. Ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish, jamoani Superligaga qaytarishga o‘z hissamni qo‘shish maqsadida klub bilan shartnoma imzoladim.

— Jamoada qaysi futbolchi bilan ko‘proq yaqindan do‘st tutindingiz?

— Jamoada hamma bilan bir xil yaqinmiz. Ayni vaqtda «Turon»da ahil jamoa shakllanmoqda. Barcha futbolchilar bir-birimiz bilan aka-ukadekmiz.

— Jamoa mashg‘ulotlari dastlab klub qarorgohida tashkil etilgan bo‘lsa, endilikda Toshkent shahridnavbatdagi o‘quv-yig‘in jarayoni davom etmoqda. Mazkur yig‘inlar doirasida o‘rtoqlik uchrashuvlari ham tashkil etilmoqdaBu borada fikringiz qanday?

— Dastlabki yig‘in doirasida jamoamiz mashg‘ulotlarida asosan jismoniy tayyorgarlikka, tiklanishga e’tibor qaratildi. Jismoniy tayyorgarlikni oshirish jarayoni hozir ham davom etmoqda. Nazorat uchrashuvlarida jamoamiz futbolchilari bir-birlarini tushunishlarida muammolarga duch kelishayotgani yo‘q. Biz o‘yinlarga chanqoq xolatdamiz. Jamoamiz tarkibi iste’dodli futbolchilardan shakllantirildi. Oldimizda yangi mavsum yakunida Superliga yo‘llanmasi asosiy maqsad sifatida qo‘yilgan. Barcha futbolchilar ushbu maqsad yo‘lida ahillik bilan astoydil harakat qilishga shay xolatda.

 «Navbahor» va «So‘g‘diyona»ga qarshi o‘rtoqlik o‘yinlarida jamoa kuchli raqiblarga munosib qarshilik ko‘rsata oldi. Ushbu uchrashuvlar xususida nimalarni ayta olasiz?

— «Navbahor»ga qarshi o‘yinda jamoamiz yomon o‘ynagani yo‘q. Aksincha to‘p nazorati biz ko‘proq ustunlikka ega bo‘ldik. “So‘g‘diyona»ga qarshi bahsda ham jamoamiz o‘zini ko‘rsata oldi. Oldinda bajarimiz lozim bo‘lgan ishlar ko‘p, harakat qilishda davom etamiz. Mavsum boshlanguniga qadar to‘liq tayyor bo‘lamiz deb o‘ylayman.

— Jamoa bosh murabbiyi Anvar Berdiyev futbolchilik davrida mohir hujumchi bo‘lgan. Shundan kelib chiqsa, jamoa o‘yin uslubini shakllantirishda ko‘proq hujumkorlikka urg‘u berilmoqdami?

— Jamoamiz bosh murabbiyi bizni har bir o‘yinga o‘zimizga bo‘lgan ishonch va agressiv kayfiyatda chiqishga o‘rgatmoqda. Har bir vaziyatga, har bir to‘pga o‘ta e’tibor bilan munosabatda bo‘lishga undayapti. Hozirda turlicha o‘yin uslublari bo‘yicha ishlayapmiz. Uchrashuvlar davomida faqat oldinga intilish, har bir bellashuvga g‘alaba uchun chiqish, to‘p uzatishlarda o‘ta aniqlik bilan harakat qilish kabi vazifalar zimmamizga yuklatilgan. Jamoaning har bir mashg‘ulotlari quvnoq kayfiyatda o‘tmoqda.

— Jamoaga qanchalik moslashib ulgurdingiz? Umuman bu yerdagi yaratib berilayotgan sharoitlar haqida fikringiz qanday?

— Jamoaga to‘liq moslashib ketdim deb ayta olaman. Bu yerda hamma futbolchilar o‘zaro aka-ukadekmiz. «Turon»dagi sharoitlar haqida aytadigan bo‘lsam, to‘g‘risi bu yerda futbol uchun yaratib berilgan imkoniyatlar ba’zi Superliga klublarida ham yo‘q. Yaqinda klubning Yevropa standartlari asosida barpo etilayotgan zamonaviy bazasi foydalanishga topshirilishi kutilmoqda.

— Bu yilgi Pro-liga musobaqalarida 10 ta jamoa ishtirok etadi. Qaysi jamoalarni Superliga yo‘lidagi asosiy raqiblar deb ko‘rsatgan bo‘lardingiz?

— Bu yilgi Pro-liga avvalgilaridan ham qiziqarli o‘tishi kutilmoqda. «Andijon», «Mash’al», «Buxoro», «Sho‘rtan» kabi nomdor jamoalarga qarshi o‘ynaymiz. Biz boshqa jamoalarga e’tibor qaratmasdan o‘z o‘yinimizni o‘ynaymiz va har bir o‘yinda g‘alaba uchun maydonga chiqamiz. «Xorazm», «Aral-Samali», «Yangiyer», «Zomin», «G‘ijduvon» jamoalarini kuchsiz deb hisoblash noto‘g‘ri bo‘lardi. Ular ham o‘tgan mavsumlarda o‘zlarini har tomonlama ko‘rsata olishdi. Umuman aytganda har bir o‘yin oson bo‘lmaydi.

Manba: "Турон" клуби матбуот хизмати
Kiritildi: 00:45, 12.02.2022.
O'qildi: 1328 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.