Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa 2-1 Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal 2-0 Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo 3-1 Fiorentina
06/12 20:00 Everton 3-0 Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti 3-0 Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl 2-1 Byornli
06/12 20:00 Tottenhem 2-0 Brentford
06/12 20:00 Bornmut 0-0 Chelsi
06/12 20:15 Alaves 1-0 Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter 4-0 Komo
06/12 22:30 Lids 3-3 Liverpul
06/12 22:30 Betis 3-5 Barselona
07/12 00:45 Verona 3-1 Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao 1-0 Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano
08/12 00:45 Napoli - Yuventus
08/12 01:00 Real Madrid - Selta
08/12 19:00 Piza - Parma
08/12 22:00 Udineze - Jenoa

Futbolimiz yangi tarixiga sayr

Futbolimiz yangi tarixiga sayr

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Qatarda faoliyat yuritayotgan taniqli mutaxassis Alisher Nikimbayev «Telegram»dagi kanalida bu safar O‘FF Ijroiy qo‘mitasining ilk yig‘ilishiga 30 yil to‘lgani munosabati bilan tarixdan qiziqarli ma’lumotlarni taqdim etdi. Demak, futbolimizning yangi tarixi bo‘ylab sayrga marhamat.

***

- O‘zbekiston futbol federasiyasi Ijroiy qo‘mitasining yig‘ilishiga 30 yil bo‘ldi. Unda 2ta muhim qaror qabul qilingandi:

1. O‘zbekiston milliy va olimpiya terma jamoalarini tuzish to‘g‘risida;

2. O‘zbekiston milliy chempionatini tashkil etish to‘g‘risida.

Mamlakat endigina mustaqillikka erishgandi. Mohiyatan olganda, o‘sha payt hamma ham bu O‘zbekiston futboli uchun nimani anglatishini uncha tushunmagan. O‘sha davrning 3ta yetakchi klubi - «Paxtakor», «Neftchi» va «Navbahor» MDH chempionatida qatnashishga hozirlik ko‘rayotgandi. Shu bois ham, Ijroiy qo‘mitaning 1992 yil 31 yanvardagi qarorida O‘zbekiston chempionati Oliy ligasida ularning o‘rinbosarlar jamoasi o‘ynashi ko‘rsatilgan. Har uch jamoa avvalgi mavsumda o‘ynagan tarkibini deyarli saqlab qolgandi. «Paxtakor» esa sezilarli darajada kuchaydi. Xususan, Aleksandr Tarxanov bosh murabbiy lavozimiga tayinlandi. Misol uchun, keyinroq mashhurlikka erishgan Yuriy Kovtun va Veli Qosumov taklif etilgan. Yana chempionat o‘yinlariga charter reys bilan qatnash uchun «TU-134» samolyoti sotib olish borasida jiddiy gaplar urchidi. Umuman, jamoa oldiga yevrokuboklarga chiqish vazifasi qo‘yilgandi.

Biroq Ijroiy qo‘mita yig‘ilishining ertasigayoq hammasi barbod bo‘ldi. Chunonchi, Mos­kva klublari 1 fevral kuni memorandumni e’lon qilishdiki, u hali tug‘ilmagan MDH chempionatini dafn etdi. Bu sobiq ittifoq respublikalarining barcha klublari uchun yakunning boshlanishi edi. «Paxtakor»dan nafaqat taklif etilganlar, balki Rossiya klublaridan chorlov olgan o‘z tarbiyalanuvchilari - Gennadiy Denisov, Mirjalol Qosimov, Andrey Pyatniskiy, Igor Shkvirin ham ketishdi. Tabiiyki, shundan so‘ng yangi yo‘lga qo‘yilgan O‘zbekiston chempionati Oliy ligasiga faqat asosiy tarkib jamoalari kiritildi. Xullas, elitaning ilk mavsumiga 18ta klub tayyorgarlik ko‘ra boshladi. Biroq mavsum boshlanishi arafasida Navoiyning «Zarafshon» jamoasi Oliy ligada ishtirok etishdan bosh tortib, Birinchi ligaga qo‘shildi. Shu tariqa elitaning ilk mavsumida 17ta jamoa qatnashdi.

O‘zbekiston terma jamoalariga kelsak, Ijroiy qo‘mitaning o‘sha yig‘ilishida murabbiylar nomi tasdiqlandi. Ya’ni milliy jamoaga Rus­tam Akramov va Vitaliy Suyunov, olimpiya termasiga To‘lagan Isoqov va Viktor Tixonov nomzodi tanlandi. O‘shanda nomzod futbolchilarning birinchi ro‘yxati ham tuzilgan edi. Faqat olimpiya terma jamoasi ro‘yxatida tushunarsiz chigallik kuzatilgan. Ya’ni ro‘yxatga jamoa tashkil etilgan vaqt 23 yoshda bo‘lgan futbolchilar kiritilgan. Vaholanki, olimpiyachilar uchun birinchi rasmiy turnir bo‘lishi ehtimoli bor Atlanta Olimpiadasi yili inobatga olinishi kerak edi.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 07:10, 12.02.2022.
O'qildi: 1963 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.