Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/02 21:00 Traktor 0-2 As-Sadd
10/02 23:15 Al-Ittihod 7-0 Al-G‘arafa

Predrag Rogan: «Mavsumni amaldagi chempionga qarshi o‘yin bilan boshlash biz uchun sharaf»

Predrag Rogan: «Mavsumni amaldagi chempionga qarshi o‘yin bilan boshlash biz uchun sharaf»

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Superliga yangi mavsumiga qur’a tashlangach, «Dinamo» jamoasi chempionatni amaldagi chempion «Paxtakor»ga qarshi o‘tkazadigan bo‘ldi. Qur’adan keyin klub matbuot xizmati jamoa bosh murabbiyi Predrag Roganning fikrlari bilan qiziqdi.

«Ochig‘ini aytsam, qur’a haqida o‘ylaganim ham yo‘q. Sababi, biz mavsum davomida ertami yo kech baribir barcha jamoalar bilan uyda va safarda o‘ynashimiz lozim.

Barcha raqiblarimiz bilan qaysi turda o‘ynashimiz aniq bo‘ldi. Ilk turda o‘z maydonimizda mamlakatning amaldagi chempioniga qarshi maydonga tushish biz uchun katta sharaf. Biz mezbon sifatida o‘z maydonimizda «Paxtakor»ga mardonavor qarshilik ko‘rsatib, mavsumni yuqori kayfiyatda boshlash va Samarqand ahlini xursand qilish uchun borimizni beramiz.

Fursatdan foydalanib, samarqandlik barcha muxlislarni «Paxtakor»ga qarshi uchrashuvga taklif etib, biz yaratayotgan yangi jamoani qo‘llab-quvvatlashingizni, futbolchilar esa «Dinamo» sharafini munosib himoya qilish uchun bor kuch va imkoniyatlarini ishga solishadi. G‘alabalarga muxlislar bilan birga erishamiz. Olg‘a, «Dinamo»!», - deydi klub bosh murabbiyi serbiyalik Predrag Rogan.

Ma’lumot uchun, Superliga 1-turi doirasidagi «Dinamo» - «Paxtakor» uchrashuvi 2-5 mart oralig‘ida o‘tadi.

Manba: "Динамо" клуби матбуот хизмати
Kiritildi: 14:06, 12.02.2022.
O'qildi: 1282 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.