Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/02 18:45 Nasaf 1-1 Ash-Shorta
09/02 18:45 Al-Vahda 0-0 Al-Ahli (SA)
09/02 21:00 Duhayl 1-1 Sharja
09/02 21:00 Shabab al-Ahli 0-0 Al-Hilol
10/02 21:00 Traktor - As-Sadd
10/02 23:15 Al-Ittihod - Al-G‘arafa

Babayan: "Mavsumni qaysi jamoaga qarshi boshlashimiz muhim emas"

Babayan: "Mavsumni qaysi jamoaga qarshi boshlashimiz muhim emas"

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, kecha – 11 fevral kuni Coca-Cola Superliganing 2022 yilgi mavsumiga qur’a tashlash marosimi o‘tkazildi. Unga ko‘ra, “Navbahor” dastlabki tur o‘yinini Namanganda Qarshining “Nasaf” klubiga qarshi o‘tkazadigan bo‘ldi. Shu munosabat bilan “Navbahor” klubi bosh murabbiyi Samvel Babayanning qur’a haqidagi fikrlarini bilishga qiziqdik.

- Kimga qaysi jamoa raqib bo‘lishi, mavsumni qaysi jamoaga qarshi boshlash muhim emas, baribir, barcha ishtirokchilar “uy-safar” tizimida o‘zaro ikkitadan o‘yin o‘tkazishadi. Qur’a 1-turda bizga “Nasaf”ni ro‘baro‘ qildi. Bu chempionatimizning o‘ziga xos xususiyatlarga ega, kuchli jamoalaridan biri, qarshiliklar so‘nggi yillarda barqaror natijalarga erishib kelishmoqda. Asosiysi, arenalarga katta futbol qaytmoqda va muxlislar sevimli jamoalari o‘yinidan bahramand bo‘lishlari mumkin. Bilaman, eng samimiy va fidoyi ishqibozlarimiz mavsumning dastlabki rasmiy uchrashuvini intizorlik bilan kutishmoqda. Superliga jamoalarining tarkiblarini sezilarli kuchaytirishayotgani, mavsum tayyorgarliklari qizg‘in kechayotganidan kelib chiqsak, chempionat qiziqarli kurashlarga boy tarzda kechishini taxmin qilish qiyinmas. Barchamiz futbol bayrami boshlanishini kutyapmiz, - dedi Samvel Vyacheslavovich.

Manba: "Навбахор" матбуот хизмати
Kiritildi: 17:14, 12.02.2022.
O'qildi: 1343 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.