Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/05 21:00 PSJ 1-1 Arsenal

Nazorat uchrashuvi: "Navbahor" “Qayrat”ni mag‘lub etdi

Nazorat uchrashuvi: "Navbahor" “Qayrat”ni mag‘lub etdi

Baho:
+ | -

Yangi mavsum tayyorgarligini Turkiyadagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini orqali davom ettirayotgan “Navbahor” bugun Qozog‘istonning Almati shahri sharafini himoya qiluvchi “Qayrat” jamoasiga qarshi nazorat-sinov o‘yini o‘tkazib, 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. Yagona gol 78-daqiqada hujumchimiz Zoran Marushich hisobiga yozildi. “Qayrat” jarima maydonchasi ichida raqib himoyachilaridan chaqqonroq harakat qilgan futbolchi bosh bilan darvozani ishg‘ol qildi.

Nazorat o‘yini
“Navbahor” (Namangan) – “Qayrat” (Almati) – 1:0 (0:0)
Gol: Zoran Marushich (78).
“Navbahor”: O‘tkir Yusupov, Boyan Siger, Igor Golban, Davronbek Hoshimov, Stanislav Andreev, Yovan Jokich, Azimjon Ahmedov, Nurillo To‘xtasinov, Elguja Grigalashvili, Jamshid Iskanderov, Zoran Marushich.

Zaxiradan maydonga tushganlar: Asad Sobirjonov, Islom Kenjaboyev, Jamshid Boltaboyev.

Shu tariqa “Navbahor” Turkiyadagi yig‘in davomida Qozog‘istonning yana bir jamoasi ustidan zafar quchdi. Eslatib o‘tamiz, 8 fevral kungi bahsda Uralskning “Akjayik” jamoasi Azimjon Ahmedovning goli evaziga taslim etilgandi.
Rejaga ko‘ra, “lochinlar” navbatdagi o‘rtoqlik o‘yinini 16 fevral kuni Rossiyaning “Ximki” klubiga qarshi o‘tkazishadi.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Kiritildi: 20:55, 12.02.2022.
O'qildi: 1330 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик