«Milan» himoyachisi Alessio Romanyoli shu yilning yozida «Yuventus» futbolchisiga aylanishi mumkin. Bu haqda Nikolo Skira xabar tarqatmoqda.
Manbaning yozishiga qaraganda, «Milan» Romanyoli bilan yangi shartnoma borasida kelishuvga erisha olmayapti. Hammasi pulga bog‘liq bo‘lib qolmoqda, chunki, Alessio klubdan yuqori talablarni so‘ramoqda. Xuddi shunday vaziyatda «Milan» Frank Kessye bilan ham shartnomani uzaytirishdan bosh tortgandi.