Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/01 00:45 Inter 1-0 Lechche
15/01 22:30 Verona 2-3 Bolonya
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya - Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam - BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal

Lionel Messi "Real Madrid"ga qarshi

Lionel Messi "Real Madrid"ga qarshi

Baho:
+ | -

Messi o‘tgan yozda “PSJ”ga ko‘chib o‘tgan va "Real"ga qarshi o‘zining yorqin faoliyatida birinchi marta "Barselona" libosida maydonga tushmaydi.

Yetti karra “Oltin to‘p” sohibi hali “PSJ” libosida o‘z o‘yinining cho‘qqisiga chiqmagan bo‘lsa-da, unga esda qolarli daqiqalarini taqdim etgan raqib bilan uchrashuvda har doimgidek o‘zini ko‘rsatishga harakat qiladi.

Quyida Messining "Los Blankos"ga qarshi o‘yinlarda qayd etgan natijlari bilan tanishib chiqamiz.

Messi faoliyatidagi barcha raqiblarga qaraganda "Real"ga ko‘proq to‘qnash kelgan va seshanba kungi birinchi o‘yin uning "qaymoqranglilar" bilan 46-uchrashuvi bo‘ladi.

Argentinalik mayestro bu uchrashuvlarda 40 ta golda bevosita hissa qo‘shdi, 26 ta gol urdi va 14 golga assistentlik qilgan. “PSJ”ning 30-raqamli futbolchisi Chempionlar ligasidagi eng muvaffaqiyatli jamoaga qarshi o‘z faoliyatida ikkita xet-trik qayd etgan.

Messining 26 ta goli "El Klasiko" rekordi bo‘lib qolmoqda, balki hech qachon yangilanmas. U faqat "Sevilya", "Atletiko Madrid", "Valensiya" va "Atletik Bilbao"ga qarshi o‘yinlarda ko‘proq gol urgan.

Messi o‘z faoliyatida "Sevilya", "Levante" va "Xetafe"ga qarshi o‘yinlarda ham ko‘proq golli uzatmani amalga oshirdi. Messi "Real"ga qarshi o‘yinda 14 ta sariq kartochka olgan edi. Bu boshqa raqiblarga qaraganda ko‘proq - ammo ularning hech birini u chetlatish bilan yakunlanmadi.

Messi "Los Blankos" bilan oldingi 45 uchrashuvning 19 tasida g‘alaba qozongan, 11 tasida durang va 15 tasida mag‘lub bo‘lgan. Argentinalik yulduz Chempionlar ligasida "Real Madrid"ga mag‘lub bo‘lmagan va o‘shanda "Barselona" va "Real Madrid" 2010/11 yilgi yarim finalda to‘qnash kelgan.

Messi o‘zining eng esda qolarli gollaridan birini Bernabeudagi (UYEFA Chempionlar Ligasi) o‘yinida urdi va bu yakunda "Barselona"ga finalda g‘alaba qozonish imkoniyatini berdi.

Messining "Real Madrid"ga qarshi yana bir mashhur lahzasi 2020 yilning aprel oyida, u "Barselona" uchun o‘zining 500-golini urib, so‘nggi daqiqada g‘alabani ilib ketgan 3:2.

Messi butun faoliyati davomida Madrid klubining “ajali” bo‘lgan bo‘lsa-da, uning "El Klasiko"dagi gollari "Barselona"dagi faoliyatining oxiriga kelib kamayib keta boshladi.
Haqiqatan ham, 34 yoshli futbolchi "Real" bilan barcha musobaqalar doirasidagi so‘nggi yetti uchrashuvning birortasida ham gol ura olmadi, oxirgi marta 2017/18 yilgi mavsumda u gol urgandi.

Messi seshanba kuni bo‘ladigan bahsda yana bir bora “Real Madrid” muxlislarini ranjitishga urinib ko‘radi.

Kiritildi: 18:57, 14.02.2022.
O'qildi: 4354 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.