Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa - Yuventus
23/12 01:00 Betis - Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

«Sautgempton»ning yangi xo‘jayini kim?

«Sautgempton»ning yangi xo‘jayini kim?

Baho:
+ | -

«Nyukasl» ortidan endi «Sautgempton» ham yangi sarmoyadorlar tasarrufiga o‘tdi. Farqi shuki, «avliyolar»ni saudiyalik shayxlar emas, balki serbiyalik badavlat biznesmen Dragan Sholak boshqaradi.

Dragan Sloveniyadagi «Royal Bled» nomli golf maydonini 11 mln. yevroga xarid qilgan paytida, uni Yevropadagi eng zo‘r o‘yingohga aylantirishni maqsad qilgandi. Ikki yillik bunyodkorlikdan so‘ng, 2017 yil avgustidagi tantanali ochilish marosimida to‘pga dastlabki zarbani berish sharafiga Serbiya qirolichasi Yelizaveta Karageorgiyevich sazovor bo‘lgandi.

Sholak esa shu bilan cheklanib qolmadi va Shotlan-diyaning mashhur Glenigls kurortining bosh agronomi Stiv Chappellni ishga yolladi. Bundan tashqari, Dragan - yaqinda «Sautgempton» aksiyalarining 80 foizini xarid qilgan Sport Republic kompaniyasining bosh sarmoyadori. Sohib bilan yaxshi munosabatda bo‘lish ham farz, ham qarz ekanligini ta’kidlagan «avliyolar» bosh murabbiyi Ralf Xazenxyutll taklifni kutib o‘tirmasdan «Royal Bled»ga yo‘l olgandi.

Dragan Sholak - Serbiyaning badavlat oilasi vakili. Uning otasi o‘z vaqtida sobiq Yugoslaviya avtomobil bozorini egallagan «Zastava» zavodida vasiylik kengashi a’zosi bo‘lgan, hozir iqtisodiyot o‘qituvchisi. Zavod esa hozirda harbiy texnika bozorida yetakchi. Mamlakatning eng badavlat kishilari ro‘yxatida Sholak 1,4 mlrd. funtga teng boylik bilan 3-o‘rinni band etgan. Lekin ro‘yxatdagi ikki yetakchidan farqli ravishda, 57 yoshli biznesmen  privatizasiya hisobiga boyigan emas. Uning dastlabki kompaniyasi SBB teledasturlar va filmlarni sotib olish va sotish bilan shug‘ullangan. 2000 yilda Sholak Serbiyada kabel televideniyasi bilan shug‘ullana boshladi. 2005 yilda uning muassasasi mahalliy bozorning 45 foizini egallab, raqobatchilarini sotib olishga kirishdi. Tez orada kompaniya Serbiya bilan cheklanmay, Yugoslaviyaning boshqa respublikalarida ham ish boshladi.

2014 yilda Sholakning barcha korxonalari United Group kompaniyasiga birlashtirildi. O‘sha paytda kompaniya AQSHning KKR sarmoyadorlik firmasi tasarrufida edi. Aynan shu firmada ishlagan Xenrik Kraft Sholak bilan «Saut-gempton» o‘rtasidagi dastlabki vositachi bo‘ldi. 48 yoshli tadbirkor KKRdan United Group direktorlar kengashiga o‘tdi. 2016 yilda kompaniyani tark etdi.

Hozirda kompaniyaning bosh ofisi Niderlandiyada joylashgan. U Yevropaning janubi-sharqidagi 8ta mamlakatda ish olib bormoqda. Sholak uning rahbari. «Dragan hududimiz, ayniqsa, Serbiyadagi ko‘zga ko‘ringan biznesmendir. U mashhur emas, shon-shuhratga intilmaydi. Chunki u Ilon Mask emas, - deydi Lyublyana universiteti doktori Marko Milosavlevich. - Lekin sobiq Yugoslaviya va Bolgariyaning kabel kanallari uning ixtiyorida bo‘lganligi sababli, Sholak hukumat muassasalarining raqobatchisiga aylangan. Serbiyada hukumat bilan raqobat qiladiganlarni doimo dushman hisoblashadi».

O‘tgan yili Sholakdan naf-ratlanish uchun yana bir sa-bab - futbol paydo bo‘ldi. SportKlub - kompaniyaning eng ommaviy kanallaridan biri. U Yevropaning yetakchi chempionatlari uchrashuvlarini namoyish etish huquqiga ega. Aniqrog‘i, ega edi. O‘tgan yili United Group kompaniyasining asosiy raqobatchisi Telekom Srbija YECHL, La Liga, «A» seriya va APL bahslarini yoritish uchun juda katta mablag‘ taklif etdi.

2021 yilda akademiklar, siyosiy arboblar va tashabbuskorlar APL rahbariyatidan Telekom kompaniyasining 500 mln. funtlik taklifini rad etishni iltimos qilishgandi. Biroq Liga iltimosni inobatga olmadi. Marko Milosavlevichning fikricha, «Sautgempton»ni xarid qilish orqali Sholak o‘z raqobatchilariga qarama-qarshi zarba berishga uringan. Lekin bu yagona sabab emas.

O‘tmishda BBC World Service direktori lavozimida ishlagan Piter Xorroks hozir United Group tizimida ishlamoqda: «Sholak maqsaddan voz kechmaydigan kishi. U o‘z yurti uchun jon kuydirib ishlaydigan tadbirkor, xolis va mustaqil jurnalistika Serbiyaga manfaat keltirishiga ishonadi. Davlat ommaviy axborot vositalari uni jinoyatchi sifatida tilga olishadi. Bu tushunarli - hozirgi hokimiyat avtoritar tuzumga qaytish ilinjida. Shu bois, Sholakni dushman, deb biladi. Dragan esa o‘zini oddiy serb fuqarosi, deb hisoblaydi va chekinishni istamaydi».

«Sautgempton»ning yangi sohibi ko‘pchilikka yaxshi tanish, ammo Kraft xususida bunday deya olmaymiz. Xenrikning United Group kompaniyasidan joy olishiga KKRda texnologiyalar va kommunikasiyalar sohasining Yevropa bo‘limini boshqargani sabab bo‘lgandi. U Oksford universitetida muhandislik, iqtisodiyot va menejment bo‘yicha tahsil olgandi.

KKRdagi 10 yillik faoliyatdan so‘ng, Kraft Sholakning kompaniyasiga sport, texnologiya va telekommunikasiya sohalarida ish boshlayotganlar uchun biznes-farishta maqomida o‘tgandi. U 40dan ortiq loyihalarga boshlang‘ich sarmoya ajratishda Sholakka yaqindan yordam bergandi.

38 yoshli Rasmus Ankersen esa «Brentford»dagi 6 yillik faoliyatdan so‘ng dekabr oyida «Sautgempton»ga o‘tdi. Sobiq jamoasidagi o‘zgarishlarda Ankersen muhim rol o‘ynagandi. O‘shanda jamoa statistik tahlillarga tayangan holda, yosh iqtidorlarni xarid qilish va keyinchalik yuqori bahoda sotish usulidan foydalana boshlagandi. Nil Mope (16 mln. funt), Olli Uotkins (28 mln.) va Said Behrami (26 mln.) transferlarida aynan Rasmus Ankersen agentlar va xaridor klublar vakillari bilan muzokaralarni muvaffaqiyatli o‘tkazgandi. «U bilan kelishish oson emas, ammo Ankersen adolatli. Ana shu fazilati tufayli, o‘ta qattiqqo‘l muzokarachi ekanligi ham sezilmaydi», - degandi agentlardan biri.

Taxminlarga ko‘ra, Ankersen «avliyolar» kundalik yumushlarida ishtirok etmaydi. Lekin seleksiya bilan bog‘liq asosiy masalalarni u hal qiladi. Bundan tashqari, Sport Republic ham doimo uning diqqat markazida turishiga shubha yo‘q. Yaqin kelajakda Rasmus uni muvaffaqiyatli multiklub darajasiga olib chiqishga ahd qilgan.

Futbol yumushlaridan tashqari, Ankersen biznesga oid 2ta qo‘llanma yaratdi. Ana shu ijodi unga biznes olamining hurmatli vakillari orasidan joy olish imkoniyatini berdi. Endi u vaqti-vaqti bilan Coca-Cola, Google, Astra-Zeneca, Tui, McDonalds, Lego va boshqa brendlar uchun ma’ruzalar o‘qimoqda. «Agar mening kompaniyam bo‘lganida, bosh direktor lavozimiga Rasmusni taklif etardim», - dedi ishonchli manba vakili.

Sport Republic «Sautgempton»ga qay darajada manfaat keltirishi xususida hozircha biror-bir fikr bildirish qiyin, lekin umid yo‘q emas. Yetarli sarmoya, tirishqoq tadbirkorlar va ehtimol, chinakam reja - «avliyolar» jahon miqyosidagi klub maqomiga erishishlari uchun ajoyib imkoniyat.

S.RAHMONOV tayyorladi

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 11:00, 15.02.2022.
O'qildi: 1745 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.