Angliya terma jamoasining sobiq hujumchisi Alan Shirer «Manchester Yunayted» o‘yini haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
- Men «Manchester Yunayted»ga qarasam, tartibsizlik, uslub va strategiyaga ega bo‘lmagan, vaqtinchalik boshqaruvchilarni tayinlaydigan jamoani ko‘ryapman. Futbolchilar bahonalar dunyosida yashaydi. Maydonda ular kimligini va nima uchun u yerda ekanliklarini bilishmaydi», - Shirerning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda The Athletic.