Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/04 19:00 Neftchi 0-1 Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro 2-0 Qizilqum
10/04 23:45 Roma - Piza
11/04 00:00 Vest Xem - Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid - Jirona
11/04 16:30 Arsenal - Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad - Alaves
11/04 18:00 Kalyari - Cremonese
11/04 18:00 Torino - Verona
11/04 19:00 Brentford - Everton
11/04 19:00 Byornli - Brayton
11/04 19:15 Elche - Valensiya
11/04 21:00 Milan - Udineze
11/04 21:30 Liverpul - Fulhem
11/04 21:30 Barselona - Espanyol
11/04 23:45 Atalanta - Yuventus
12/04 00:00 Sevilya - Atletiko

Nazorat o‘yini. “Metallurg” “Vayle” yoshlaridan ustun keldi

Nazorat o‘yini. “Metallurg” “Vayle” yoshlaridan ustun keldi

Baho:
+ | -

Turkiyaning Antaliya shahrida qishki yig‘inini davom ettirayotgan Bekobodning “Metallurg” jamoasi bugun Daniyaning besh karra chempioni – “Vayle U-19” jamoasi bilan nazorat uchrashuvini o‘tkazdi va 3:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Mazkur uchrashuvda jamoa bosh murabbiyi Luisma Ernandes avvalgi ko‘rik o‘yinlarida kamroq o‘yin amaliyotiga ega bo‘lgan futbolchilarga imkoniyat berdi.

O‘yin bekobodlik futbolchilarning to‘liq ustunligi ostida o‘tdi. Bu esa yakuniy hisobda ham o‘z aksini topdi. E’tiborga molik jihati, Daniya yoshlari darvozasiga gollarning ikkitasini “Metallurg”ning 19-yoshli yarim himoyachisi Shahzodjon Ne’matjonov kiritdi. Yana bitta gol klubiga yangi qabul qilingan iqtidorli hujumchi Jasur Ashurov hisobiga yozildi.
Ertaga “Metallurg” Turkiya safaridagi so‘nggi ko‘rik uchrashuvini o‘tkazadi. Bu galgi raqib Gruziya chempionatining so‘nggi bronza medali sovrindori “Dila” (Gori) jamoasi bo‘ladi.

Nazorat uchrashuvi

15.02.2022 yil

“Vayle U-19” (Daniya) - “Metallurg” (O‘zbekiston) – 1:3

Gol: Shahzodjon Ne’matjonov (22, 82), Jasur Ashurov (57).

“Metallurg”: Akmal Ortiqov, Xudoyshukur Sattorov, Hakimxon Alamxonov, Odilbek Abdumajidov, Ergash Ismoilov, Ixtiyor Toshpo‘latov, Muhammad Isayev, Jasur Ashurov, Shahzodjon Ne’matjonov, Shohnazar Norbekov, Zohid Abdullayev.

Zaxira: Aleksandr Lobanov, Abbos Otaxonov, Abrorbek Toshqo‘ziyev, Farrux Ibrohimov, Farxod Bekmurodov, Damir Temirov, Muhammadali Aliqulov, Ibrohim Ibragimov, Salamat Quttiboyev, Zabixillo O‘rinboyev, Shahzodbek G‘ofurbekov, Fozil Musayev.

Manba: "Металлург" клуби матбуот хизмати
Kiritildi: 21:14, 15.02.2022.
O'qildi: 1200 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик