Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/05 00:00 Real Sosyedad 2-2 Betis
10/05 15:30 Verona 0-1 Komo
10/05 17:00 Malyorka 1-1 Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli 2-2 Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest 1-1 Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas 2-2 Everton
10/05 18:00 Cremonese 3-0 Piza
10/05 18:00 Fiorentina 0-0 Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao 0-1 Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem 0-1 Arsenal
10/05 21:00 Parma 2-3 Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo 0-0 Xetafe
10/05 23:45 Milan 2-3 Atalanta
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche

Hududiy futbol assosiasiyalarning media va marketing bo‘yicha mutaxassislari uchun navbatdagi seminar bo‘lib o‘tdi

Hududiy futbol assosiasiyalarning media va marketing bo‘yicha mutaxassislari uchun navbatdagi seminar bo‘lib o‘tdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Avval xabar berganimizdek, Futbol mutaxassislarini tayyorlash markazida hududlardagi futbol assosiasiyalarining media va marketing yo’nalishi mutaxassislari uchun ikki kunlik seminar mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tmoqda.

Seminarning ikkinchi kunida O‘zbekiston futbol assosiasiyasining matbuot va media bo‘limi mutaxassislari tomonidan “OAV bilan ishlash va ijtimoiy tarmoqlar” mavzusida darslar tashkil etildi. Unda futbol tadbirlarini yoritib borishda hududiy nashrlar bilan hamkorlik qilish, foto hamda video xabarlar ustida ishlash va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarni to‘g‘ri yuritish yuzasidan tushunchalar berildi. Bundan tashqari, futbol o‘yinlarini tasvirga tushirish, uni jonli efirga uzatish va You Tube platformasiga joylab borishning qoidalari haqida ma’lumot berildi.

Uchrashuv davomida futbolni ommaviylashtirishda OAV bilan hamkorlik qilish muhim hisoblanishi, to‘g‘ri, xolis va obektiv xabarlarni yetkazib berishda media mutaxassislari yanada faol bo‘lishlari lozimligi qayd etildi. Shuningdek, tahliliy materiallar tayyorlash, hududlardagi faxriylar, murabbiylar, futbolchi va hakamlar bilan intervyular sonini ko‘paytirish yuzasidan topshiriqlar berildi.

O‘z o‘rnida, kurs ishtirokchilari ham o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. Seminar yakunida O‘FA birinchi vise-prezidenti Ravshan Ermatov media va marketing mutaxassislariga bugungi kunda qo‘yilayotgan talablarga to‘xtalib o‘tdi. Faol ish olib borayotgan media xodimlarini e’tirof etdi va seminar ishtirokchilariga sertifikatlar topshirdi.

Manba: Telegram.me/FAUzbekistan
Kiritildi: 19:58, 16.02.2022.
O'qildi: 917 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик