"Manchester Yunayted" hujumchisi Krishtianu Ronalduga MLS'ning ikki klubidan taklif tushdi.
"Inter Mayami" va "Los-Anjeles Gelaksi" klublari portugaliyalik futbolchiga qiziqish bildirishmoqda. Klublar futbolchining agenti bilan dastlabki muzokarani ham o‘tkazishdi.
37 yoshli futbolchi joriy mavsumda barcha musobaqalar doirasida 28ta o‘yinda maydonga tushib, 15 gol va 3 assist muallifiga aylandi. Uning "MYU" bilan shartnomasi 2023 yilning yozida yakuniga yetadi.