"Pari Sen-Jermen" klubi yozda "Manchester Yunayted" hujumchisi Krishtianu Ronaldu bilan shartnoma imzolash variantini ko‘rib chiqmoqda.
90min tarqatgan xabarga ko‘ra, jamoa rahbariyati JCH-2022 musobaqasi arafasida Qatarning imijiga ijobiy ta’sir ko‘rsatish maqsadida bu ishga qo‘l urmochqchi.
37 yoshli futbolchining "MYU" bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilning yozida yakuniga yetadi. Portugaliyalik futbolchi joriy mavsumda barcha musobaqalar doirasida 27ta o‘yinda ishtirok etib, 15 gol va 3 assist muallifiga aylandi.