Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Rustam Ashurmatov: «O‘z oldiga yuksak maqsadlar qo‘yganligi bois «Navbahor»ni tanladim»

Rustam Ashurmatov: «O‘z oldiga yuksak maqsadlar qo‘yganligi bois «Navbahor»ni tanladim»

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, bir necha daqiqa oldin mamlakatimizning mahoratli himoyachilaridan biri bo‘lgan Rustam Ashurmatov jamoamiz bilan shartnoma imzoladi. Shundan so‘ng, futbolchi “Navbahor” PFK matbuot xizmati uchun maxsus intervyu berdi.

— Rustam, avvalo “Navbahor”ga xush kelibsiz!
— Rahmat! Fursatdan foydalanib, o‘z tarixi va nomiga ega klub tarkibiga qo‘shilganimdan xursand ekanligimni izhor etmoqchiman.

—  Sizni jamoaga kim taklif qildi?
— Klub rahbariyati va jamoa bosh murabbiyi Samvel Vyacheslavovich Babayan taklif qilishdi. O‘z navbatida shuni ta’kidlamoqchimanki, so‘nggi 3 mavsumni xorijda, yanayam aniqrog‘i, Janubiy Koreya chempionatida o‘tkazganligim bois, yaqinlarimni judayam sog‘indim hamda faoliyatimni o‘z yurtimizda davom ettirishga ahd qildim. Bundan xabar topgan Superliganing ko‘plab klublari menga taklif bilan chiqishdi. Ammo yangi mavsumda “Navbahor” o‘z oldiga yuksak maqsadlar qo‘yganligi, ya’ni, Osiyo Chempionlar Ligasi (OCHL) yo‘llanmasini qo‘lga kiritishni niyat qilganligi, qolaversa, jamoani mamlakatimizning taniqli mutaxassislaridan biri, O‘zbekiston milliy terma jamoasida birga faoliyat yuritgan mutaxassis Samvel Vyacheslavovich boshqarayotganligi, bundan tashqari, jamoadagi ko‘plab futbolchilar bilan “Bunyodkor” klubi va O‘zbekiston milliy terma jamoasida birga to‘p tepganligim, shuningdek, Namangan uyim Qo‘qonga yaqin bo‘lganligi bois, yangi mavsumda “Navbahor”da o‘ynashga qaror qildim.

Yana shuni ham ta’kidlamoqchimanki, klub bilan shartnoma imzolash arafasida Namangan viloyati hokimi Shavkat Shokirjanovich Abdurazzoqov, shuningdek, “Navbahor” PFK prezidenti Otabek aka Samatov bilan suhbatlashib, shunga amin bo‘ldimki, ular futbolni teran tushunadigan, haqiqiy futbol fidoyilari, jonkuyarlari  ekan. Shunday fidoyi rahbarlar boshqaruvidagi klub bilan yangi mavsumda Xudo xohlasa, o‘z oldimizga qo‘yilgan maqsadga erishamiz, degan umiddaman.    

Ashurmatov Rustam 4 Fursati kelganida shuni ham aytish lozimki, namanganliklar taklifiga rozilik berishdan oldin oila a’zolarim, shuningdek, “Navbahor”da 2 yil davomida (2014-2015 yillarda) bosh murabbiy sifatida faoliyat yuritgan tog‘am Baxtiyor Ashurmatov bilan maslahatlashdim. Ular mening qarorimni qo‘llab-quvvatlashdi. Xudo   xohlasa, yangi mavsumda “Navbahor”ning muvaffaqiyatlariga munosib hissamni qo‘shish niyatidaman.

— Futbolchi bo‘lishingizda tog‘angiz Baxtiyor Ashurmatovning ham munosib hissasi bo‘lsa kerak?
— Albatta! Aynan tog‘amga havas qilib, shu kasbni tanlaganman, shuningdek, himoyachi bo‘lganman. Tog‘am futbolchi bo‘lmaganida, taqdirim boshqacha kechishi ham mumkin edi. Shu bois, hozirgacha tog‘amdan maslahat olib turaman.

— Muxlislarga tilaklaringiz...
— Albatta, “Navbahor” ishqibozlarining ta’rifi barchaga ma’lum. Mazkur jamoani tanlashimda ushbu omil ham ahamiyat kasb etdi. Muxlislardan jamoamizni doimo qo‘llab-quvvatlab turishlarini so‘rayman. Biz ham ularning ishonchlarini oqlab, azaliy orzularini ro‘yobga chiqarish, ya’ni, OCHL yo‘llanmasini qo‘lga kiritishga harakat qilamiz. Baxtimizga ishqibozlar doimo sog‘-salomat bo‘lishsin.  

Bizning ma’lumot

Rustam Ashurmatov – 1996 yil, 7 iyul kuni Qo‘qon shahrida tug‘ilgan.
Futbol bilan 6 yoshidan shug‘ullanishni boshlagan.
“Bunyodkor” futbol akademiyasi tarbiyalanuvchisi.
Ampluasi: himoyachi.
O‘ynagan jamoalari: “Qo‘qon-1912” (Qo‘qon, 2015 yil), “Bunyodkor” (Toshkent, 2016-2018 yillar), “Kvanju”       (Kvanju, Janubiy Koreya, 2019-2020 yillar), “Kanvon” (Kanvondo, Janubiy Koreya, 2021 yil).
2022 yildan “Navbahor”da.
Shuningdek, o‘z vaqtida O‘zbekiston U-17, U-19 va U-23 terma jamoalari yetakchilaridan biri bo‘lgan. 2018 yili O‘zbekiston U-23 yoshlar termasi safida Osiyo chempioni unvonini qo‘lga kiritgan.
2017 yildan buyon O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi.
Muxlislik qiladigan jamoasi: “Real” (Madrid).
Havas qiladigan futbolchilari: Baxtiyor Ashurmatov va Serxio Ramos.
Oilali.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Manba: www.pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 14:50, 18.02.2022.
O'qildi: 2141 marta.
Fikrlar: 11 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.