Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina 1-2 Udineze
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo

Grand klublarning erkatoylari

Grand klublarning erkatoylari

Baho:
+1 | -

   Futbol olami turli xarakter egalarini tarbiya qilgan. Biz tanigan o‘sha mashhur futbolchilarning ham o‘ziga yarasha xulq-atvori bor. Bazilar ancha bosiq va tartibli bo‘lsa, yana kimlardir uchiga chiqqan janjalkashdir. Shu bilan birga jamoa ichki qoidalarini buzuvchi futbolchilar ham topiladi. Aynan shunday futbolchilarga nisbatan “erkatoy” ta’rifini qo‘llasa mubolag‘a bo‘lmaydi. Biz esa hozirgi kunning mana shunday mashhur 5 erkatoyi haqida gaplashamiz.

  5. Roberto Firmino (“Liverpul")

   Braziliyalik futbolchi o‘yin uslubidan kelib chiqilganda juda tartibli futbolchidek ko‘zga tashlanadi. Balki u klub qoidalarini buzganligi sabab asosiy tarkibdan sekin-asta tushib boraveryotgandir? Har tugul 2-3 yil oldingi Firmino bilan hozirgisi orasida ancha farq bor. Bundan bir necha yil oldin “Bobbi” mashg‘ulotlarga mast holda kelganligi tufayli Klopp unga jazo qo‘lladi. Albatta bu braziliyalik bilan bog‘liq birinchi holat emas edi. U vaqtida “Xoffenhaym”ning ham erkatoyi bo‘lgan. Bundan tashqari APLda unga nisbatan jiddiy chora ko‘rilishi va futboldan chetlatilishi ham mumkin bo‘lgan. Bunga sabab futbolchi usha paytdarda “Everton” sharafini himoya qilgan Meyson Holgeytga nisbatan irqchilik qilgan degan fikrlar ham bor edi.

  4. Eden Azar (“Real Madrid”)

 Azar “Chelsi” tarkibida ajoyib o‘yinlar ko‘rsatgan. Uning mahorati va yuqori ko‘rsatkichlari “Real” e’tiborini tortgan. Madrid klubi uni Krishtianu Ronalduga o‘rinbosar sifatida ko‘rgn edi. Ammo Eden yana ham yuqori darajaga chiqishiga ispan taomlari va fast fudlar halaqit bergaan desak mubolag‘a ishlatmagan bo‘lamiz. “Galaktikos” uuga barcha sharoitlarni yaratib berdi. Azarda spirtli ichimliklar iste’mol qilish va mashg‘ulotlarni sababsiz qoldirish hollari deyarli kuzatilmaydi. Ammo u ortiqcha vazndan xalos bo‘lishi kerak. “Real” buning chorasini topgandek Azarga fast fud iste’mol qilishni taqiqlab ham ko‘rdi. Ammo belgiyalik bu rejimga roya qilmagan. Sportda noto‘g‘ri ovqatlanish ham mumkn emas.

3. Usmon Dembele (“Barselona”)

 Dembele rostmana kataloniyaliklar erkatoyiga aylaib bo‘lgan. U jamoaga endi kelgan paytlari huddi Azar singari juda ko‘p fast fud iste’mol qilgan. Oxir-oqibat klub Usmonjonga alohida oshpaz topib bergan va shu orqali Dembelening ovqatlanish rejimini to‘g‘ri yo‘lga solgan. Ammo Dembele barbir klub qoidalarini ko‘p bor buzgan. U hoxlagan paytida mashg‘ulot qoldirgan yoki jud ko‘p hollarda kech qolgan. Albatta shu sabablar tufayli ham Usmon jamoada o‘zini topib keta olmadi. Uning ustiga “Barselona” unga ishonib fransuz atrofida o‘yin qurishni rejalashtirganda kuyovbola “otning kallasidek” maosh talab qila boshladi. Eh erkatoy hammasi sen aytgandek bo‘lavermaydida.

2. Jek Grilish (“Manchester Siti”)

 Grilishni Gaskoynga qiyoslashadi. Albatta o‘yin uslubini emas, balki xarakterini. Grilish uchun umuman jamoaviy qoida yo‘q. U karantinga ham amal qilmagan. Uning ustiga futbolchi haddan ortiq alkogolli ichimliklarga ro‘jo‘ qo‘ygan. Unda iqtidor tug‘ma va u Messi va Ronaldu darajasiga chiqishi mumkin bo‘lgan futbolchi. Lekin u o‘z ustida ishlashni hushlamaydi. Uning qilmishlari “Aston Villa” tarkibida payti boshlangan. Ingliz mast holda Ispaniya ko‘chalarida tunab qolgani va karantin vaqtida ziyofatga borib mast holda mashinada avtohalokatga uchragani yorqin misol bo‘la oladi. Grilish “shaharliklar” safiga kelib ham yomon odalarini tashlamadi. Uning ustiga jamoadagi bir necha futbolchi bilan ham urushib qolgan. Uning yuqori darajadagi futbolchi bo‘la olmasligiga spirtli ichimliklar halaqit berishi turgan gap.

 1. Garet Beyl (“Real Madrid”)

 Beyl bir vaqtlar 100 million yevrolik futbolchi edi. U “Real”ga kelgan paytlari juda yorqin o‘yin ko‘rsatar edi. Uning ustiga Beylning mushaklariga atletlar ham xavas qilardi. Lekin hozir ulardan asar ham qolmaganini yaqinda tarqalgan suratdan bilib oldik. Beylni taomlar ham alkogol ham yo‘ldan urmagan. Uning bu darajada o‘yini susayishiga sabab Golf bo‘lishi turgan gap. Garet golfga bo‘lgan muhabbati tufayli jamoa mashg‘ulotlarini ko‘p bor qoldirib yuborgan. Balki, u golfda Tayger Vudsni ham mag‘lub eta olar. Ammo u futbolchi va bu ishini bajarishni istamasa “butsasini mixga ilsa” ham bo‘laveradi.

Mirjalol Pardaboyev tayyorladi.  

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 20:48, 18.02.2022.
O'qildi: 6826 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.