Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

Super shanba — super tur! Gvardiola boshchiligidagi «shaharliklar» zaiflashgan «shporlar»ni qabul qiladi (prevyu)

Super shanba — super tur! Gvardiola boshchiligidagi «shaharliklar» zaiflashgan «shporlar»ni qabul qiladi (prevyu)

Baho:
+ | -

Angliya Premyer-ligasining har bir turida kamida bitta markaziy o‘yin maqomiga ega bahs bo‘lib o‘tadi. Mavsumning 26-turi ham bundan mustasno emas. Bugunning super to‘qnashuvi «Manchester Siti» hamda Londonning «Tottenxem» jamoasi o‘rtasida kechadi.

O‘yin konteksti

Hech kim bilmagan yoki esidan chiqargan bo‘lishi mumkindir, ammo «Tottenxem» Pep Gvardiola armiyasiga qarshi so‘nggi 4 ta o‘yindan 3 tasini o‘z foydasiga hal qila olgan. Londonliklarning so‘nggi g‘alabasi mavsum avvalida, o‘z uyida qayd etilgan edi. O‘shanda «shporlar» kichik, 1-0 hisobida raqibni mag‘lub etgan. Shunga qaramay, ayni damda «Manchester Siti» o‘ta qo‘rqinchli jamoaga aylangan. «Shaharliklar» barcha musobaqalarning so‘nggi 4 ta uchrashuvida jami 15 ta gol urgan va 1 ta gol o‘tkazib yuborgan. Aynan shunday yuqori notada ketayotgan jamoaga, o‘ziga ishonchini yo‘qotgan, so‘nggi uchta o‘yinda mag‘lub bo‘lgan «Tottenxem»ning duch kelishi, bu aslida Antonio Kontening omadsizligi bo‘lishi ham mumkin.

«Shaharliklar» maydonni yondirmoqda

Bilasiz, Pep Gvardiolaning jamoasi to‘p nazoratini yaxshi ko‘radi. Ayni kunlarda esa ushbu klub butun bir frontni nazoratiga olgan. Ya’ni ular o‘zi qatnashayotgan har bir turnirda yetakchilardan biri bo‘lib turibdi. Yaqinda bo‘lib o‘tgan YECHL pley-offida «Sporting», o‘z uyida yer tishlatilgani ham bundan dalolat beradi (0-5). «Manchester Siti» APLda o‘ta uzun seriya qayd etib turibdi. Ular so‘nggi 15 o‘yinning 14 tasini g‘alaba bilan yakunladi. 1 ta bahsda durang qayd etdi. Klub oxirigi marta oktabr oyida, «Kristal Pelas»ga mag‘lub bo‘lgandi (2-0). Pep YECHLdagi g‘alabasi orqali o‘z jamoasining istalgan frontda yaxshi kurasha olishini ko‘rsatib qo‘ydi.

Bernardu Silva – jamoa yuragi

David Silva «Manchester Siti»ni tark etayotganida hamma ispan sehrgari o‘rnini bosa oladigan futbolchi boshqa kelmaydi deb o‘ylagandi. Biroq, oradan ko‘p o‘tmay, Gvardiola Silva o‘rniga boshqa bir Silvani, portugaliyalik dahoni yetishtirdi. Ayni damda Bernardu o‘z muhimligini, jamoasi uchun nechog‘liq kerak ekanini ko‘rsatib qo‘ya oldi. Chap-oyoq yarim himoyachi maydon markazida o‘z ma’muriyatini o‘rnatishga ulgurgan. Hozirgi APLda 27 yoshli futbolchidan ko‘ra yaxshiroq nomni keltirish amri-mahol ish.

Olovga qarshi kurashayotgan Konte

«Shporlar» murabbiylik kursisi hech qachon jon saqlash uchun yaxshi joy bo‘lmagan. Buni isboti sifatida yuqori darajaga ega Antonio Konteday murabbiyning ham ancha qiynalayotganini keltirish mumkin. So‘nggi uchta APL uchrashuvini boy bergani yetmaganiday, Konte o‘zining intervyusida «Tottenxem»ning qishki transferlar oynasidagi harakatlarini tanqid qildi. Bu bilan esa o‘ziga bo‘lgan bosimlarni ortishiga sababchi bo‘ldi.

«Tottenxem» taktikasi

Konte dunyoga o‘zining 3-4-3 sxemasiga sodiqligi bilan dong taratgan. Ushbu usulda qanot futbolchilari o‘ta faol bo‘lishadi. Shunga qaramay, ushbu taktika ayni damdagi APLning kuchli pressingli o‘yinlari uchun ish bermasligi mumkin. Biz buni «Vulverxempton»ga qarshi bahsda guvohiga aylandik. «Tottenxem»ning ikki tayanch futbolchisi Bentankur hamda Uinks ushbu o‘yinda bosimdan ancha qiynaldi. Shu sabab Konte formulani o‘zgartirdi va Deyan Kulusevskini maydonga tashladi. Bu orqali esa 4-2-3-1 taktikasiga o‘tib, yosh shvesiyalikni 10-raqamli futbolchi o‘rnida harakatlantirdi. Hozir Kontega oson tutib bo‘lmaydi. Chunki unda yangi jamoa va uni o‘z uslubiga ko‘niktirishi qiyin kechmoqda.

«Manchester Siti» uchun taxminiy tarkib

Gabriel Jezus hamda Jek Grilish «Sporting»ga qarshi bahsni o‘tkazib yuborishga majbur bo‘lgan edi. Ammo har ikkisi ham «Tottenxem»ga qarshi safda bo‘lishadi. Himoyachi Kayl Uoker YECHL bahslari uchun chetlatish olgandi. Ammo APLda maydonga qaytishi mumkin.

Darvozada: Ederson;
Himoyada: Uoker, Diash, Lyaport, Kanselu;
Yarim himoyada: De Bryuyne, Rodri, Silva;
Hujumda: Mahrez, Foden, hamda Sterling (4-3-3).

«Tottenxem» uchun taxminiy tarkib

Yafet Tanganga ushbu bahsni o‘tkazib yuboradi. Ammo Konte Erik Dayer hamda Oliver Skipplardan foydalanish imkoniga ega bo‘ladi. Dayerning ehtimoliy qaytishi Davinson Sanches bilan markaziy himoya mustahkamlanishini anglatadi. Shuningdek, Rodrigo Bentankur o‘z o‘rnida, asosiy tarkibda tushishi kutilmoqda.

Darvozada: Ugo Lyoris;
Himoyada: Romero, Dayer, Devis;
Yarim himoyada: Emerson, Hyoybyerg, Bentankur, Regilon;
Hujumda: Son, Moura, Keyn (3-4-3).

Xos statistikalar

Kevin De Bryuyne «Tottenxem»ga qarshi o‘yinda gol ursa, APLda 50 ta gol urgan to‘rtinchi belgiyalikka aylanadi. Undan oldin ushbu natijaga Romelu Lukaku, Eden Azar hamda Kristian Bentekelar erisha olgan, xolos.

«Manchester Siti» so‘nggi 15 ta o‘yinida 14 ta g‘alabaga erishgan. Bitta durang esa 22 yanvar kuni «Sautgempton» bilan qayd etilgandi.

«Manchester Siti» «Sporting» bilan o‘yinda raqib darvozasiga oltita zarba berib, beshta gol urishga erishgan. Gollarning ikkitasi esa Bernardu Silvaga tegishlidir.

Son APLdagi so‘nggi 14 ta o‘yinda 8 ta golda ishtirok etishga ulgurgan (7 ta gol, 1 ta assist).

Ushbu juflik xulosasi

Pep Gvardiolaning jamoasi o‘z maydonida ekanidan foydalanib, raqibga kuchli pressing taklif etishi, bu esa o‘z navbatida «Tottenxem» himoyasida muammolar keltirib chiqarishi mumkin. Antonio Konte avvalgi, «Chelsi», «Sautgempton» hamda «Vulverxempton»ga qarshi bahslarda ham aynan mana shunday tarzda «qopqon»ga tushirilgan edi.

 

 

ISMATOV J.

Manba: futaa.com
Kiritildi: 07:00, 19.02.2022.
O'qildi: 2271 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.