Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/11 00:45 Lasio 3-0 Bolonya
25/11 01:00 Atletik Bilbao 1-0 Real Sosyedad
25/11 19:00 Al-Ayn 1-2 Al-Ahli (SA)
25/11 21:00 Istiqlol 0-0 Paxtakor
25/11 21:00 Al-G‘arafa 1-3 An-Nasr (SA)
25/11 22:30 Empoli 1-1 Udineze
25/11 23:00 Ar-Rayyan - Persepolis
26/11 00:45 Venetsiya 0-1 Lechche
26/11 01:00 Nyukasl 0-2 Vest Xem

Ajoyib murabbiy — bahsli transferlar. Joze Mourinyoning eng g‘alati 10 ta xaridi

Ajoyib murabbiy — bahsli transferlar. Joze Mourinyoning eng g‘alati 10 ta xaridi

Baho:
+ | -

Joze Mourinyo — ajoyib murabbiy. Biroq, mutaxassisning hamma qarori ham doim o‘zini oqlamagan. Mourinyo faoliyati davomida nafaqat yaxshi taktik, balki transferlar uchun katta pul sarflash bo‘yicha ham nom qozongan. Shu sabab, bugun biz portugaliyalikning eng g‘alati (yomon emas) transferlarini haqida suhbatlashishga qaror qildik.

 

10. Radamel Falkao

Radamel bir paytlar Yevropaning eng yaxshi hujumchilaridan biri hisoblangan. 2014 yilda kolumbiyalik futbolchi ijara asosida “Stimford Brij” egalari safiga qo‘shildi.  Ammo, Mourinyo jamoasiga o‘tganidan so‘ng Radamelning o‘yinida pasayish bo‘ldi. To‘g‘rirog‘i, Joze uni o‘rinbosar sifatida ko‘rdi. Falkao Londondagi bir yillik faoliyati davomida “Chelsi” safida 10 o‘yinda maydonga tushib, 1 marta raqiblar darvozasini ishg‘ol qildi.

9. Muhammad Saloh

Bu ro‘yxatda sayyoramizning eng yaxshi futbolchilaridan birini ko‘rish g‘alati. Mourinyo 2014 yilning yanvarida “Chelsi” rahbariyatidan Saloh bilan shartnoma imzolashni talab qilgan, biroq uni tezda boshqa jamoaga ijaraga berib yubordi. Keyinchalik esa “Roma”ga to‘liq sotib yuborilgan. “Aristokratlar” muxlislari misrlik futbolchi bir paytlar o‘z jamoasi futbolchisi bo‘lganini dahshat bilan eslashadi. Ammo, portugaliyalik nima sababdan Muhammadga ishonmaganini haligacha tushunarsiz.

 

8. Xuan Kuardado

Saloh singari Kuadrado ham 2015 yilning yanvar oyida 23 million funtga sotib olindi, biroq kolumbiyalik futbolchi londonliklar safida bor-yo‘g‘i 13 o‘yinda maydonga tushdi. Keyinchalik u Turinning “Yuventus” klubiga ijaraga berib yuborildi va oxir-oqibat "keksa sinyora"ga to‘liq sotib yuborishdi. Xuan hozir ham Turinda va jamoasining asosiy futbolchilaridan biri hisoblanadi.

 

7. Filipe Luis

2014 yilda “Chelsi” “Atletiko Madrid”dan 18 million funt evaziga dunyoning eng yaxshi chap qanot himoyachilaridan birini sotib oldi. Mutaxassislar va muxlislar fikricha, bu xarid londonliklar uchun ancha foydali edi. Ammo, Luis ham “aristokratlar” safida o‘ynab keta olmadi. “Stemford Brij”dagi 1 mavsum davomida Felipe bor-yo‘g‘i 15 ta uchrashuvda maydonga tushdi.  Kelasi mavsumda “Atletiko” uni 14 million funt sterlingga qayta sotib oldi. Tushunarsiz.

6. Irji Yaroshik

2005-yilda Moskvaning SSKA jamoasini “Chelsi”ga almashtirgan Yaroshik London klubidagi debyut o‘yinini Liga kubogi finalidagi g‘alaba bilan boshladi.  Shuningdek, o‘sha mavsumning o‘zidayoq Premyer-liga oltin medalini qo‘lga kiritdi. Biroq, Irji ham qolgan futbolchilar kabi Joze Mourinyo qo‘l ostida ochilib ketmadi va ikki mavsumda bor-yo‘g‘i 14 ta o‘yinda maydonga tushdi.

5. Jo Xart

Tajribali murabbiy tushunarsiz xarid qilishda davom etdi.  Angliya terma jamoasi sobiq darvozaboni Jo Xart 2020 yilda "Tottenxem" safiga qo‘shildi. Bu shartnoma ko‘plab “shporlar” muxlislari tomonidan yaxshi qabul qilindi. Lekin, portugaliyalik mutaxassi Xartga negadir ishonch bildirmadi. Posbon “Tottenxem Xotspur” egalari safida bir mavsum to‘p tepdi. Ammo Jo “shporlar” safida bor yo‘g‘i 1 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Mavsum oxirida ingliz darvozaboni Shotlandiyaning “Seltik” jamoasi safiga o‘tdi.

4. Marko Arnautovich

Ko‘pchilik Marko Arnautovichni “Vest Xem” va “Stok Siti” kabi klublaridagi faoliyati orqali tanishadi. Lekin, uni Italiyaning “Inter” jamoasida o‘ynaganini hamma ham bilmasa kerak. 2009 yilda “neradzurrilar” “Tvente”dan Markoni ijara asosida o‘z safiga qo‘shib oldi. Ammo, avstriyalik futbolchi  klub safida bor-yo‘g‘i 3 ta bahsda maydonga tushdi. Mourinyo bu futbolchini nega jamoasiga taklif qildi va nega o‘ynatmagani tushunarsiz.

Lekin, Arnautovich Milanda bir mavsum o‘ynagan bo‘lsa-da, “Inter” bilan Chempionlar ligasi g‘olibi bo‘ldi.

Yana ham qiziq tomoni, Mourinyoning futbolchi bilan birinchi marta uchrashganida, Arnautovichni klubning barcha hujumchilari ichidagi eng yaxshisi deb ta’kidlagan edi.

 

3. Emmanuel Adebayor

2011 yilning yanvar oyida “Real Madrid” tarkibida hujumchi borasida muammo kelib chiqdi. Chunki, o‘sha paytda Gonsalo Iguain jarohat olgan edi va Mourino negadir Karim Benzemaga ishonch bildirmadi.

Shundan so‘ng, Joze “Real” rahbariyatidan Adebayorni “Manchester Siti”dan olti oyga ijaraga olishni taklif qildi.

Ta’kidlash kerakki, Adebayor madridliklar safida unchalik yomon o‘ynamadi — 22 o‘yin, 8 ta gol. Ko‘pchilik mutaxassislar yozda “Real” futbolchini to‘liq xarid qiladi deb o‘ylagandi, biroq portugaliyalik  murabbiy Emmanuelga ishonch bildirmadi.

 

2. Jedson Fernandesh

Mourinyo "Tottenxem"da uzoq vaqt davomida ishlamadi, ammo u 18 oy ichida juda ko‘p g‘alati ishlarni amalga oshirdi. Misol uchun, Jedson Fernandes transferi.

“Benfika”dan ijaraga olingan portugaliyalik futbolchi shunchalik yomon o‘ynadiki, ko‘pchilik Fernandeshni birinchi marta futbol o‘ynayaptimi deb so‘radi. Olti oydan keyin ijara shartnomasi bekor qilindi — 14 o‘yin, 0 gol.

1. Papi Jiloboji

Jozening eng g‘alati transferi “Chelsi”ni ikkinchi marta boshqarganida sodir bo‘ldi. 2015-yilning yozgi transfer oynasining so‘nggi kunida sotib olingan Papi Jiloboji klubga 4 millionga tushdi. Ammo, u Chempionlar ligasi qaydnomasiga kiritilmadi.

Papi “ko‘klar” safida faqatgina Liga kubogida maydonga tushdi. Shundan so‘ng uni boshqa hech kim ko‘rmadi.

Kiritildi: 20:47, 19.02.2022.
O'qildi: 4500 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.