Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Yordam evaziga... «sariq» (video)

Yordam evaziga... «sariq» (video)

Baho:
+ | -

Taniqli futbolchilardan biri Rikardu Kuarejma Portugaliya chempionati 22-turidan o‘rin olgan «Vitoriya Gimarayesh» hamda «Belenesesh» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvdagi xatti-harakatlari bilan ijtimoiy tarmoqlarni «portlatdi».

Asosiy vaqtdagi to‘xtalishlar uchun qo‘shib berilgan daqiqalar o‘tib borayotgan, 38 yoshli Kuarejmaning jamoasi 0:1 hisobida yutqazayotgan pallada raqib yarim himoyachisi Afonso Souza vaqtni atayin cho‘zishni xohlab, jarohatini ro‘kach qilgan holda, o‘rnidan turishga shoshilmadi. Bu hol Kuarejmaga yoqmadi va Souzaga «yordam berish»ga qaror qildi - Rikardu raqibini qo‘lida ko‘tarib, maydon chetiga olib chiqib qo‘yishga urindi.

Mazkur holat maydonda janjal chiqishiga sabab bo‘ldi. Souzaning sheriklari uni himoya qilib, Kuarejmaga e’tiroz bildira boshlashdi. Natijada, «simulyant»ni «xaloskor»ning qo‘lidan tortib olishdi, referi esa portugaliyalik faxriyni sariq kartochka bilan «siyladi».

Ushbu vaziyat tasvirlangan video lavhalar qisqa muddatda ijtimoiy tarmoqlarga tarqaldi. Uchrashuv Kuarejma jamoasining 0:1 hisobidagi mag‘lubiyati bilan yakunlandi.

Ma’lumot uchun, «Vitoriya Gimarayesh» Portugaliya chempionatida 6-o‘rinni egallab turibdi, «Belenensesh» esa yaqqol autsayder maqomida turnir jadvalining so‘nggi pog‘onasida bormoqda.

Qo‘shimcha qilish kerakki, Kuarejma 2020 yildan buyon «Vitoriya Gimarayesh» sharafini himoya qilmoqda. U joriy mavsum Portugaliya klubi tarkibida 20ta o‘yin o‘tkazib, ularda 1tadan gol va assist qayd etgan.

JAHONGIR tayyorladi

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 08:55, 20.02.2022.
O'qildi: 2840 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.